Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Toshkentda bolani maktabga tayyorlash xarajatlari qancha bo'lmoqda?

Toshkentda 2026-yilda bir bolani maktabga tayyorlash taxminan 3,5 million so'mdan oshishi ma'lum qilindi.

TTahririyat 1 daqiqa

Avgust oyi maktab o'quvchilari bor oilalar uchun eng qizg'in va mas'uliyatli davrlardan biri hisoblanadi. Agar faqat bitta farzandni maktabga tayyorlash kerak bo'lsa, xarajatlarni bosqichma-bosqich taqsimlash imkoniyati mavjud. Biroq oilada bir nechta o'quvchi bo'lsa, 1 sentyabr oldidan qilinadigan xaridlar oilaviy byudjetni oldindan puxta rejalashtirishni talab qiladi.

Ota-onalar maktab uchun xarid qilishni boshlaganda, xarajatlar ko'pincha kutilganidan bir necha million so'mga ko'proq chiqadi. Yakuniy summa xaridlar qayerda amalga oshirilishiga qarab sezilarli darajada farq qilishi mumkin. Amalda ota-onalar birgina ko'ylak va poyabzal bilan cheklanib qolmaydi. Odatda haftalik foydalanish uchun ikki-uchta ko'ylak, almashtiriladigan poyabzal, qo'shimcha sport formasi hamda kamida birinchi chorak uchun yetadigan daftarlar zaxirasi xarid qilinadi.

Birinchi sinf o'quvchilarini maktabga hozirlash esa alohida masala sanaladi. Maktab formasi va asosiy anjomlardan tashqari, oq golf paypoqlar, bantiklar, bayramona aksessuarlar, ijodiy mashg'ulotlar uchun papkalar hamda tantanali saf uchun turli to'plamlar sotib olinadi. Bunday mayda-chuydalar maktab byudjetiga qo'shimcha ravishda yana 150–300 ming so'm xarajat qo'shishi mumkin.

Natijada, eng qimmat brendlarni inobatga olmaganda ham, Toshkent shahrida bir bolani maktabga tayyorlash taxminan 3,5 million so'm, ikki nafar farzandni tayyorlash esa 7 million so'mdan oshishi mumkin.

Oilaviy byudjet barcha xaridlarni birdaniga qoplay olmagan holatlar uchun qulayliklar ham ko'zda tutilgan. Masalan, Payme ilovasidagi hamkorlar orqali xizmatlar va tovarlar uchun to'lov qilishda TBC BNPL bo'lib to'lash xizmatidan foydalanish imkoniyati mavjud. 3-avgustdan 10-sentabrgacha maxsus aksiya doirasida 5 million so'mgacha bo'lgan xaridlarni 0 foiz asosida bo'lib to'lash va summani 3 oy davomida ortiqcha to'lovlarsiz teng uch qismda qaytarish mumkin.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi