Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Toshkent davlat agrar universitetini 2030-yilgacha rivojlantirish chora-tadbirlari belgilandi

Prezident qaroriga binoan Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini takomillashtirish va xalqaro reytinglarga chiqish vazifalari belgilandi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti “Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarorni imzoladi. Yangi hujjatga asosan, OTM oldiga 2030-yilga qadar bir qator muhim maqsadli ko'rsatkichlarga erishish vazifasi qo'yildi.

Asosiy rivojlanish ko'rsatkichlari

Qarorga ko'ra, belgilangan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:

  • Universitetning xalqaro nufuzini yuksaltirish hamda xalqaro reyting tashkilotlarining top-500 talik oliy ta'lim muassasalari qatoriga qo'shilishini ta'minlash.
  • Ta'lim, boshqaruv va xizmat ko'rsatish jarayonlariga raqamli texnologiyalar hamda sun'iy intellektni joriy etish.
  • Ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishdan keladigan tushumlarni 3 baravarga ko'paytirish.
  • Xalqaro hamkorlikda bajariladigan ilmiy tadqiqotlarni 3 baravarga, qo'shma ta'lim dasturlarini эса 20 taga yetkazish.
  • Xalqaro akkreditatsiyadan o'tgan o'quv dasturlarini 4 baravarga oshirish hamda o'quv-ilmiy laboratoriyalar bazasini 20 foizga kengaytirish.

Agrar ta'lim-ishlab chiqarish kooperatsiyasi

Hujjat bilan agrar sohadagi ta'lim maskanlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari hamkorligida yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmagan Agrar ta'lim-ishlab chiqarish kooperatsiyasi tashkil etiladi. Unga kiritilgan umumiy o'rta ta'lim maktablarida 2026/2027 o'quv yilidan boshlab 1 tadan 7-11 sinflarda tabiiy fanlar chuqurlashtirilgan tarzda o'qitila boshlaydi. Shuningdek, uch oy muddatda ushbu maktablar uchun tabiiy fanlar bo'yicha maxsus variativ o'quv rejasi ishlab chiqiladi.

Kooperatsiya doirasida ilmiy-tadqiqot muassasalarining yuqori malakali mutaxassislari universitetga biriktirilgan texnikumlar va kafedralarga ilmiy maslahatchi qilib biriktiriladi. Har yili talabalar, o'quvchilar va pedagoglar ilmiy-tadqiqot muassasalarida amaliyot hamda stajirovka o'tashlari yo'lga qo'yiladi. Shuningdek, yuqori sinf o'quvchilari va talabalarni kasbga yo'naltirish maqsadida agrotexnologiyalar hamda ilg'or oziq-ovqat texnologiyalari bilan tanishtiruvchi "dala kunlari" o'tkazib boriladi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi