Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'qituvchilar uchun ipoteka subsidiyasi arizalarini qabul qilish boshlanadi

Kamida 15 yil stajga va oliy toifaga ega pedagoglarga ipoteka krediti boshlang'ich badalining 25 foizi qoplab beriladi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

O'zbekistonda ta'lim tizimini rivojlantirish hamda pedagog xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida ularni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash ishlari davom ettirilmoqda. Joriy yildan boshlab ta'lim sohasida uzoq muddat faoliyat yuritgan va yuksak malakaga ega bo'lgan o'qituvchilarga uy-joy sotib olishlari uchun moliyaviy yengilliklar yaratiladi.

Kimlar subsidiya olishi mumkin

Qoidalarga ko'ra, kamida 15 yillik mehnat stajiga hamda oliy malaka toifasiga, ya'ni bosh o'qituvchi lavozimiga ega bo'lgan pedagoglarga ipoteka kreditlari bo'yicha maxsus davlat subsidiyasi ajratiladi. Mazkur qo'llab-quvvatlash doirasida ipoteka krediti boshlang'ich badalining 25 foizi davlat byudjeti mablag'lari hisobidan qoplab beriladi. Ushbu maqsadlar uchun 2026-yilda davlat byudjetidan 200 milliard so'mgacha mablag' ajratilishi ko'zda tutilgan.

Ariza topshirish tartibi

Iqtisodiyot va moliya vazirligining ma'lum qilishicha, pedagoglar uchun ipoteka kreditlari bo'yicha subsidiya olishga mo'ljallangan arizalarni qabul qilish jarayoni 20-aprel kuni soat 14:00 da boshlanadi. Talabgorlar o'z arizalarini Davlat xizmatlari markazlari, my.gov.uz portali yoki maxsus mobil ilovalar orqali yuborishlari mumkin. Kelib tushgan arizalar elektron tarzda ko'rib chiqiladi. Bunda talabgorning ish staji, malaka toifasi, daromadlari hamda kredit tarixi kabi shaxsiy ma'lumotlari tegishli davlat axborot tizimlari orqali avtomatik ravishda tekshiruvdan o'tkaziladi.

Asosiy shartlar

Arizasi ijobiy deb topilgan fuqarolar tijorat bankini o'zlari tanlab, faqat birlamchi bozordan ipoteka krediti asosida uy-joy xarid qilish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Mazkur tartibga ko'ra, ajratiladigan subsidiya faqat bir marotaba beriladi va faqat birlamchi uy-joy bozoriga tatbiq etiladi. Shuningdek, ariza beruvchi va uning turmush o'rtog'ining nomida ikki va undan ortiq uy-joy mavjud bo'lmasligi talab etiladi. Ushbu dastur pedagoglarning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish hamda ularning yashash sharoitlarini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi