Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Toshkent davlat texnika universiteti hamyetkazilmagan yotoqxonasidagi talabalar boshqa joylarga ko'chirildi

Hali rasman foydalanishga topshirilmagan yotoqxonaga joylashtirilgan Toshkent davlat texnika universiteti talabalari boshqa TTJlarga ko'chirildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent davlat texnika universiteti talabalar turar joyidan chiqarib yuborilgani haqidagi xabarlar tarqalishi ortidan Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vaziyatga oydinlik kiritdi. Ma'lum qilinishicha, Talabalar shaharchasida davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilgan mazkur bino hozircha rasman foydalanishga topshirilmagan bo'lib, uning kadastr hujjatlari ham to'liq rasmiylashtirilmagan va tegishli ruxsatnomalar olinmagan.

Yotoqxonadagi holat va ko'chirish jarayoni

Aniqlanishicha, tadbirkor tomonidan belgilangan qoidalarga amal qilinmagan holda, ayrim yoshlar tegishli yo'llanmasiz mazkur binoga kiritilgan. Shuningdek, obyektga boshqa oliy o'quv yurtlari talabalari ham joylashtirib yuborilgan. Universitet va vazirlik talabalarning bu yerga noqonuniy tartibda kiritilganidan oldindan xabardor bo'lmagani aniqlandi.

Talabalarning xavfsizligi hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida ular binodan vaqtincha ko'chirildi. Jumladan:

  • Toshkent davlat texnika universitetining o'z talabalari universitetning boshqa bo'sh turgan turar joylariga joylashtirildi;
  • Boshqa OTMlarda o'qiydigan yoshlar o'z ta'lim muassasalariga qaytarildi;
  • Tegishli ruxsat hujjatlari bo'lmagani sababli xorijiy talabalar ham binodan chiqarildi.

Kelgusidagi rejalar va to'lovlar

Tekshiruvlar davomida obyektda issiq suv va isitish tizimlari hali to'liq ishga tushirilmagani ham ma'lum bo'ldi. Ayni paytda mazkur binoning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish hamda zarur ruxsatlarni olish ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga, avval ushbu obyektga joylashtirilgan talabalardan yig'ilgan to'lovlar tadbirkor tomonidan to'liq, yani 100 foiz miqdorida qaytarib berildi. Barcha zarur hujjatlar rasmiylashtirilgach va ruxsatnomalar olingandan keyingina bino belgilangan tartibda foydalanishga topshiriladi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi