Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Navoiy universiteti Janubiy Koreya OTMi bilan talabalar almashinuvini yo'lga qo'ymoqda

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti Janubiy Koreyaning Jeonbuk milliy universiteti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Xalqaro hamkorlik va talabalar uchun grantlar

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti hamda Janubiy Koreyaning Jeonju shahrida joylashgan Jeonbuk milliy universiteti rahbariyati o'rtasida onlayn muzokara tashkil etildi. Muloqot yakunida ikki oliy ta'lim dargohi o'rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Imzolangan memorandum talaba va professor-o'qituvchilar almashinuvi qo'shma loyihalarini nazarda tutadi. Unga ko'ra, dastlabki bosqichda universitetning 10 nafar, kelgusida esa 40 nafargacha talabasining Janubiy Koreyada grant asosida tahsil olishini yo'lga qo'yish rejalashtirilgan. Ma'lumot uchun, Jeonbuk milliy universiteti Janubiy Koreyaning muhandislik, robototexnika, sun'iy intellekt, elektronika va materialshunoslik kabi texnologik yo'nalishlarda ilmiy tadqiqotlarga ixtisoslashgan nufuzli oliy ta'lim muassasalaridan biri hisoblanadi.

Maktab binosi mukammal ta'mirlanib, foydalanishga topshirildi

Navbahor tumanidagi 19-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida mukammal ta'mirlash va rekonstruksiya ishlari yakunlanib, o'quvchilar uchun qabul qilindi.

Maktabning mavjud 240 o'rinli o'quv binosi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-dekabrdagi “Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qaroriga muvofiq Islom taraqqiyot banki va xalqaro OPEK mablag'lari hisobidan yangilandi. Shuningdek, loyiha doirasida qo'shimcha ravishda 240 o'rinli o'quv binosi ham barpo etildi. Qiymati 3,6 milliard so'mni tashkil etgan qurilish-ta'mirlash ishlarini “Muzaffar Shahribonu poydevori” MCHJ amalga oshirdi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida ta'lim muassasasining infratuzilmasi yaxshilanib, pedagoglar va o'quvchilar uchun xavfsiz hamda zamonaviy sharoitlar yaratildi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi