Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Urganch davlat universitetida Navro'z umumxalq bayrami nishonlandi

Urganch davlat universitetida “Navro'zni ulug'lash – insonni ulug'lashdir!” shiori ostida bayram sayli o'tkazildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Urganch davlat universitetida Navro'z sayli

Yurtimiz bo'ylab Navro'z bayrami tantanalari davom etmoqda. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davrat universitetida “Navro'zni ulug'lash – insonni ulug'lashdir!” shiori ostida keng ko'lamli bayram sayli tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Amerika Qo'shma Shtatlari, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog'iston va Tojikiston davlatlaridan kelgan mehmonlar, shuningdek, yurtimiz ziyolilari, san'atkorlar, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda oliygohning professor-o'qituvchilari va talabalari qatnashdi.

Milliy qadriyatlar va an'analar namoyishi

Hozirgi kunda o'ttiz mingdan ziyod talaba tahsil olayotgan universitetda o'tkazilgan bayramda Filologiya va san'at fakulteti jamoasi Xorazm viloyatining boy madaniy merosi hamda milliy urf-odatlarini yorqin namoyon etdi. Universitet rektori Feruza Madrahimova boshchiligidagi mehmonlar fakultetlar tomonidan tayyorlangan pavilonlarni ko'zdan kechirdi.

Ta'lim maskani jamoalari tomonidan tashkil etilgan bu pavilonlarda yurtimiz hududlariga xos an'analar, badiiy chiqishlar hamda milliy taomlar namoyish etilib, bayramga o'ziga xos tarovat kiritdi. Shuningdek, mamlakatimizning taniqli san'at arboblari va mahoratli dorbozlarning chiqishlari tadbirga yanada yuqori kayfiyat bag'ishladi.

Oliygoh hovlisida o'tgan ushbu bayram sayli yoshlar o'rtasida milliy qadriyatlarimizni ulug'lash, ularning ijodini ko'rsatish hamda boy madaniy merosimizni keng targ'ib qilishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi