Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Vazirlik tarix fani attestatsiya testidagi xatolikni tan oldi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi o'qituvchilar attestatsiyasidagi bahsli savol bo'yicha xatolikni tan olib, ballar qo'shib berilishini ma'lum qildi.

TTahririyat 1 daqiqa

O'tgan yili tarix fanidan o'tkazilgan malaka toifa attestatsiya imtihonidagi savollardan biri pedagoglar o'rtasida jiddiy noroziliklarga sabab bo'lgan edi. O'qituvchilar vazirlik to'g'ri javobni xato deb belgilaganidan norozi bo'lib sudga murojaat qilgan va dastlabki instansiyalarda yutqazgandi. Oradan vaqt o'tib, vazirlik xatolikni tan oldi va to'g'ri javobni belgilagan pedagoglarga ballar qo'shib berilishini ma'lum qildi.

Attestatsiya jarayoni va bahsli savol

Ma'lumki, o'qituvchilar malaka toifasini olish uchun har yili ikki bosqichli attestatsiya sinovlaridan o'tishadi. Birinchi bosqichda spetsifikatsiya bo'yicha fandan 40 ta test savoli, ikkinchi bosqichda esa pedagogik mahoratni aniqlash uchun 10 ta topshiriq beriladi.

2025 yil aprel-may oylarida tashkil etilgan tarix fani test sinovlarining 32-savoli ko'plab e'tirozlarga sabab bo'lgan. Ushbu savolda “Yustinian vafotidan keyin Vizantiyadan Ispaniyani tortib olgan qabila nomini belgilang” deb so'ralgan va undagi to'g'ri javob xato sifatida baholangan.

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi testda to'g'ri javob sifatida “langobardlar” variantini belgilagan. Biroq ko'pchilik o'qituvchilar “vestgotlar” javobi to'g'ri ekanini ta'kidlab, e'tiroz bildirishgan. Tarix o'qituvchilarining so'zlariga ko'ra, yuzlab pedagoglar “vestgotlar” variantini belgilagan va bu holat ijtimoiy tarmoqlardagi so'rovnomalarda ham o'z tasdiqini topgan.

Sud jarayonlari va markaz xulosasi

Markazdan ijobiy javob ola olmagan o'qituvchilar nomidan 4 nafar tarix fani o'qituvchisi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ustidan sudga da'vo arizasi kiritgan edi. Biroq ular bir qancha sud instansiyalarida yutqazib qo'yishgan.

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazining ma'lum qilishicha, mazkur savol 2025 yil bahordagi malaka toifa attestatsiyasida spetsifikatsiya asosida foydalanilgan bo'lib, u 2022 yilda nashrdan chiqqan 7-sinf jahon tarixi darsligi asosida tuzilgan.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi