Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Pedagoglarni attestatsiya va kasbiy sertifikatlash sinovlari yig'imi miqdori kamaytirildi

Pedagog kadrlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida navbatdan tashqari attestatsiya va sertifikatlash sinovlari uchun to'lov miqdori ikki barobarga kamaytirildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Pedagog kadrlarga qulay shart-sharoit yaratish va ularni qo'llab-quvvatlash maqsadida attestatsiya hamda kasbiy sertifikatlash jarayonlariga muhim o'zgarishlar kiritildi. Endilikda navbatdan tashqari o'tkaziladigan attestatsiya va kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun talab etiladigan yig'im miqdori ikki barobarga qisqartirildi.

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi qaroriga muvofiq, mazkur davlat xizmati uchun to'lov miqdori bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari o'rniga uning 50 foizi miqdorida belgilandi. Shuningdek, pedagog kadrlarning attestatsiyadan o'tishidagi navbatdagi majburiy jarayonlari hamda kasbiy sertifikatlash sinovlarida ilk bor qatnashishi mutlaqo bepul amalga oshirilishi belgilandi.

Murojaat yuborish tartibi va hujjat topshirish muddatlari

O'qituvchilar o'z murojaatlarini quyidagi rasmiy platformalar va markazlar orqali yuborishlari mumkin:

  • pedagog.uzedu.uz platformasi
  • Davlat xizmatlari markazlari
  • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Ayni paytda kasbiy sertifikatlash sinovlarida ishtirok etish istagida bo'lganlar uchun hujjatlarni qabul qilish jarayoni davom etmoqda va bu muddat 31-iyulga qadar davom etishi belgilangan. Shuningdek, avgust–dekabr oylarida tashkil etiladigan malaka test sinovlari uchun hujjatlar qabuli 1-avgustdan boshlanishi ko'zda tutilgan.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi