Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Xususiy OTMlarda yangi o'quv yili uchun abituriyentlar hujjati qabul qilina boshlaydi

O'zbekistondagi nodavlat oliy ta'lim tashkilotlarida 1 iyundan e'tiboran yangi o'quv yili uchun abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlanadi.

TTahririyat 1 daqiqa

Amaldagi qonunchilik talablariga binoan, respublikadagi nodavlat oliy ta'lim tashkilotlarida talabalar qabul qilish jarayoni har yili iyun hamda sentabr oylari oralig'ida tashkil etiladi. Shundan kelib chiqib, 1 iyundan boshlab navbatdagi o'quv yili uchun abituriyentlardan hujjatlar qabul qilina boshlaydi.

Akkreditatsiya sharti

Mavjud tartiblarga muvofiq, tegishli maxsus davlat akkreditatsiyasidan o'tmagan ta'lim dasturlari bo'yicha talabalarni o'qishga qabul qilish qat'iyan man etiladi. Shu boisdan ham nodavlat oliygohlar faqatgina belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o'tgan ta'lim yo'nalishlari doirasidagina qabul jarayonlarini o'tkazishlari mumkin bo'ladi.

Shuningdek, 2025 yil 1 avgustdan boshlab har bir nodavlat oliy ta'lim muassasasi uchun qabul parametrlarining eng yuqori ko'rsatkichi belgilanadi. Mazkur qabul kvotalari universitetlarning mavjud moddiy-texnik bazasi, pedagogik salohiyati hamda o'quv-dasturiy ta'minotidan kelib chiqqan holda tasdiqlanishi belgilangan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq respublikada nodavlat ta'lim xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo'yilgan edi. Ushbu loyihada nodavlat ta'lim tashkilotlarida qabul jarayonlarini yilda ikki marta, yani 15 oktyabrgacha va 15 fevralgacha amalga oshirish taklifi ham ilgari surilgandi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi