Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Yashnobod tumanidagi san'at maktabi yonida yangi svetofor o'rnatilmoqda

Deputatlar ko'magida o'quvchilar xavfsizligini ta'minlash maqsadida 10-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi oldidagi yo'lga svetofor o'rnatila boshlandi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Gulruh A'zamova hamda xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati A.Kerimov fuqarolarning murojaatlariga ko'ra Yashnobod tumanidagi Dilbog' mahallasida faoliyat yurituvchi 10-sonli bolalar musiqa va san'at maktabiga bordi.

Xavfsizlik muammosi va uning yechimi

Ushbu ta'lim maskani 'Aviasozlar' dehqon bozori yaqinida joylashgani bois, mazkur hududda transport harakati doimo yuqori darajada. Bu esa o'quvchilarning darsga kelib-ketishida jiddiy xavf tug'dirib kelgan. Jumladan, joriy yilning 24-yanvar kuni haydovchining ehtiyotsizligi sababli aynan shu yerda maktab o'quvchisi ishtirokida yo'l-transport hodisasi ro'y bergan edi.

Vaziyat maktab ma'muriyati, mahalla yettiligi hamda bozor xavfsizligiga mas'ul shaxslar bilan birgalikda muhokama qilindi. Deputatlar ota-onalar va ta'lim maskani jamoasining shikoyat hamda takliflarini tingladi. Bolalar xavfsizligini ta'minlash yuzasidan tuman hokimligi va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari bilan aloqaga chiqilib, amaliy choralar ko'rildi.

Amalga oshirilgan ishlar

Ko'rilgan chora-tadbirlar natijasida maktab oldidagi ko'chada piyodalar o'tish yo'lakchasi chizildi hamda hududga zamonaviy svetofor o'rnatish ishlari boshlab yuborildi. Shuningdek, xalq vakillari mas'ul idoralarga kelgusida shunday ko'ngilsiz holatlarning oldini olish, haydovchilar orasida yo'l harakati qoidalariga rioya etilishini targ'ib qilish va profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish bo'yicha tegishli tavsiyalar berdi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi