Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Yuridik kadrlarni tayyorlash instituti Rossiya universiteti bilan hamkorlikni muhokama qildi

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida Rossiyaning Oliy iqtisodiyot maktabi delegatsiyasi bilan uchrashuv o'tdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida Rossiyaning Oliy iqtisodiyot maktabi Milliy tadqiqot universiteti huquq fakulteti delegatsiyasi qabul qilindi. Delegatsiya tarkibidan fakultet dekani, yuridik fanlar doktori, professor Vadim Vinogradov, dekanning ilmiy ishlar bo'yicha o'rinbosari, professor Aleksandr Larichev va Xalqaro hamkorlik markazi direktori o'rinbosari Oksana Shabarshova o'rin oldi.

Tomonlar o'rtasidagi uchrashuvda akademik almashinuv imkoniyatlarini kengaytirish, qo'shma ilmiy tadbirlarni tashkil etish hamda ilmiy nashrlarni tayyorlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Muloqot davomida ikki tomonlama aloqalarni yo'lga qo'yish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, zamonaviy yuridik yo'nalishlar, jumladan, kiberxavfsizlik, raqamli huquq, yashil iqtisodiyot va xalqaro tijorat huquqi sohalarida o'zaro tajriba almashish hamda qo'shma o'quv kurslarini ochish imkoniyatlari ko'rib chiqildi. Mazkur muloqot huquqiy ta'lim sohasidagi ilmiy aloqalarni kengaytirish va kelgusidagi hamkorlik yo'nalishlarini belgilab olishda muhim qadam bo'ldi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi