Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

10-sinf o'quvchilarining o'qishini texnikumlarga ko'chirish tartibi belgilanmoqda

Hukumat qarori loyihasiga ko'ra, umumiy o'rta ta'lim maktablarining 10-sinf o'quvchilarini texnikumlarga o'qishini ko'chirish tartibi joriy etilishi rejalashtirilmoqda.

TTahririyat 1 daqiqa

Muhokamalar portalida kasbiy ta'lim tashkilotlari o'quvchilari o'qishini ko'chirish yoki qayta tiklash, shuningdek, umumiy o'rta ta'lim maktablarining 10-sinf o'quvchilarini texnikumlarga ko'chirish bo'yicha davlat xizmatlarini ko'rsatishning ma'muriy reglamentini tasdiqlash to'g'risidagi hukumat qarori loyihasi muhokamaga qo'yildi.

Loyihaga ko'ra, maktablarning 10-sinf o'quvchilarining o'qishini texnikumlarga ko'chirishga faqat joriy o'quv yilida boshlang'ich kasbiy ta'lim dasturlari asosida maktablarning 9-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan kunduzgi ta'lim shakliga ruxsat beriladi.

Arizalarni topshirish va hujjatlar

O'qishni ko'chirish bo'yicha arizalarni ro'yxatdan o'tkazish qishki ta'til davrida amalga oshiriladi. Aniqroq aytganda, bu jarayon 28 dekabrdan 17 yanvargacha bo'lgan muddatda Davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki maxsus platforma orqali bajariladi.

Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishi talab etiladi:

  • o'quvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-kartadagi JShShIR);
  • voyaga yetmaganlar uchun tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma ma'lumotlari.

Shuningdek, mazkur nizom qoidalari nodavlat kasbiy ta'lim tashkilotlari uchun tavsiyaviy xarakterga ega ekanligi belgilangan. Ayni paytda mazkur hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasi bosqichida turibdi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi