Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Bolalarni maktabga tayyorlov guruhlari bilan 100 foiz qamrab olish choralari ko'rilmoqda

O'zbekistonda 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov jarayoniga to'liq qamrab olish va muqobil shakllarini joriy etish rejalashtirilmoqda.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Yangi qonunchilikka muvofiq, bir yillik maktabga tayyorlov guruhlari majburiy umumiy o'rta ta'limning boshlang'ich bosqichi sifatida kiritilishi hamda maktabgacha ta'lim tizimida o'yinga asoslangan ta'lim yo'nalishini tatbiq etish ko'zda tutilmoqda. Shuningdek, 2027-2028 o'quv yilidan boshlab 6 yoshli bolalarga maktabga tayyorlovdan o'tganligini tasdiqlovchi davlat namunasidagi elektron sertifikat berish yo'lga qo'yilishi belgilanmoqda.

Qamrov darajasi va demografik o'zgarishlar

Ma'lumotlarga ko'ra, 2022-2023 yillarda 6 yoshli bolalarni maktabgacha tayyorlov tizimi bilan qamrab olish ko'rsatkichini 90 foizga, 2024-2025 o'quv yili yakunigacha esa 100 foizga yetkazish rejalashtirilgan edi. Biroq aholining keskin demografik o'sishi, yangi ishlab chiqarish ob'ektlarining ishga tushirilishi hamda xorijdan fuqarolarning o'z yashash manzillariga qaytishi natijasida bog'chalardagi o'rinlarga nisbatan bolalar soni ortib ketdi. Bu holat maktabgacha ta'limning muqobil shakllarini yaratish zaruratini keltirib chiqardi.

Muqobil shakllar va 2030 yilgacha rejalar

Qayd etilgan omillarni, jumladan, aholi sonining o'sishini inobatga olgan holda, bolalarni maktabga tayyorlov guruhlari bilan to'liq qamrab olish muddatlari 2030 yilgacha etib belgilandi. Hozirgi kunda muqobil shakllar sifatida Ilk rivojlanish markazlari hamda olis hududlarda Aqlvoy mobil guruhlari faoliyati tashkil etilmoqda.

Bundan tashqari, nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini yanada kengaytirish maqsadida berilayotgan imtiyozlar joylarda qo'shimcha o'rinlar ochilishiga zamin yaratmoqda.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi