Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

2026-2027 o'quv yili uchun bolalarni 1-sinfga qabul qilish tartibi va muddatlari

2026-2027 o'quv yilida 1-sinfga qabul jarayonlari ikki bosqichda amalga oshiriladi va mikromarkaz bo'yicha hujjatlar qabul qilinadi.

TTahririyat 1 daqiqa

«Ta'lim to'g'risida»gi Qonun talablariga ko'ra, umumta'lim maktablarining 1-sinfiga o'qish boshlanadigan yilda 7 yoshga to'ladigan bolalar qabul qilinadi. Jumladan, 2026–2027 o'quv yili uchun 2019 yilning 31 dekabridan kechikmay tug'ilgan bolalar maktab ostonasiga qadam qo'yishlari mumkin.

Qabul jarayoni bosqichlari

Farzandini maktabga joylashtirmoqchi bo'lgan ota-onal uchun ariza topshirish jarayoni ikki bosqichda tashkil etiladi:

  • 20 iyun – 31 iyul oralig'ida bevosita bolaning doimiy yashash manzili bo'yicha mikrohududga kiruvchi maktab uchun arizalar qabul qilinadi. Ushbu muddatda o'z hudolidagi ta'lim maskaniga hujjat topshirgan ota-onalarning farzandlarini maktabga qabul qilish kafolatlanadi.
  • 1 – 31 avgust kunlari esa boshqa mikrohududlardagi mavjud bo'sh o'rinlar uchun arizalar topshirish imkoniyati beriladi. Biroq, agar tanlangan maktabda bo'sh joylar mavjud bo'lmasa, bolaning qabul qilinishi kafolatlanmaydi va u o'z yashash manzili bo'yicha biriktirilgan ta'lim muassasasiga qabul qilinadi.

Mikrohududni aniqlash va ariza berish yo'llari

Har bir davlat umumta'lim maktabiga ma'muriy jihatdan muayyan mikrohudud biriktirilgan bo'lib, ushbu hududda doimiy ro'yxatda turgan bolalar maktabga qabul qilinishida ustuvor huquqqa ega hisoblanadilar. Ota-onalar o'zlariga tegishli bo'lgan maktabni uch xil qulay usul orqali aniqlashlari mumkin:

  • my.maktab.uz platformasi orqali;
  • my.gov.uz dagi «Bolani birinchi sinfga joylashtirish» xizmati yordamida;
  • MMTV xaritasi orqali.

my.gov.uz tizimi orqali elektron ariza topshirish uchun foydalanuvchilar OneID tizimi orqali ro'yxatdan o'tgan bo'lishlari talab etiladi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi