Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekistonda OTM va texnikumlar uchun test sinovlari yakunlandi

Davlat oliy va kasbiy ta'lim muassasalariga qabul test sinovlari yakuniga yetdi. Abituriyentlar endi 2-bosqich tanlovni boshlaydi.

TTahririyat 1 daqiqa

Joriy yilning 23 iyul kuni respublikadagi davlat oliy va kasbiy ta'lim muassasalariga qabul qilish bo'yicha test sinovlari o'z nihoyasiga yetdi.

Ishtirokchilar va qoidabuzarliklar

O'n kun davom etgan imtihonlarda qatnashishi belgilangan jami 664 609 nafar abituriyentdan 610 000 nafardan ortig'i bevosita ishtirok etdi. Shu bilan birga, jarayon davomida test sinovi topshirish tartib-qoidalarini buzgani aniqlangan 70 nafardan ziyod abituriyent sinovlardan chetlatildi.

Natijalar va ikkinchi bosqich

Test sinovidan o'tgan abituriyentlarning to'plagan ballari asosida o'ninchi kun natijalari 24 iyul kuni e'lon qilinishi belgilandi. Shuningdek, 25 iyuldan boshlab 15 kun davomida, aniqrog'i 8 avgustga qadar (shu kuni ham) abituriyentlar uchun ikkinchi bosqich tanlov jarayonlari tashkil etiladi. Bu muddatda ular ta'lim muassasalari, ta'lim yo'nalishlari, ta'lim ustuvorliklari hamda ta'lim shakllarini tanlash imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Barcha jarayonlar yakunlangach, ya'ni ikkinchi bosqich tanlov muddati tugagandan keyin bir hafta ichida yakuniy natijalar rasman e'lon qilinadi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi