Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

2026/2027 o'quv yili uchun imtiyozli qabul kvotalari va grantlar tasdiqlandi

O'zbekistonda 2026/2027 o'quv yili uchun ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar va xotin-qizlarga qo'shimcha davlat grantlari hamda kvotalar ajratildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

O'zbekistonda oliy ta'limga kirish jarayonlarida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo'llab-quvvatlash hamda teng imkoniyatlar tamoyilini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shu munosabat bilan, O'zbekiston Respublikasi ta'lim tashkilotlariga qabul qilish bo'yicha Davlat komissiyasi tomonidan 2026/2027 o'quv yili uchun davlat oliy ta'lim tashkilotlarining umumiy qabul parametrlari tasdiqlandi.

Qabul jarayonlarida ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun bir qator qo'shimcha davlat granti va maxsus kvotalar belgilandi. Jumladan:

  • Yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar uchun qo'shimcha 1 foizlik davlat granti kvotasi ajratildi.
  • “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun qo'shimcha 10 foizlik davlat granti kvotasi belgilandi.

Xotin-qizlarning ta'lim olishini rag'batlantirish bo'yicha ham muhim choralar davom ettirilmoqda. Xususan, kamida 5 yillik mehnat stajiga ega xotin-qizlar uchun 2 500 ta alohida to'lov-kontrakt o'rni ajratildi. Shuningdek, kunduzgi ta'lim shaklida o'qiydigan xotin-qizlar uchun qo'shimcha 4 000 ta davlat granti taqsimlandi.

Ta'limda ijtimoiy adolat tamoyili

Qabul kvotalarida ijtimoiy yo'naltirilgan yondashuvning kuchaytirilishi mamlakatda inson kapitali sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Tasdiqlangan yangi qabul parametrlari oliy ta'lim qamrovini kengaytirish bilan birga, ta'lim orqali ijtimoiy adolatni ta'minlash, yoshlar va xotin-qizlarning intellektual salohiyatini oshirish hamda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi