Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

2030 yilgacha O'zbekistonda maktabgacha ta'lim qamrovi 80 foizga yetkaziladi

O'zbekistonda maktabgacha ta'lim qamrovini 2030 yilga borib 80 foizga yetkazish va bolalarni maktabga tayyorlov guruhlari bilan to'liq qamrab olish rejalashtirilmoqda.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Mamlakatimizda yosh avlodni yetuk salohiyatli qilib tarbiyalash hamda bolalarni maktabgacha ta'limga jalb qilishga qaratilgan sa'y-harakatlar izchil davom ettirilmoqda. Oxirgi 7-8 yil mobaynida bu borada sezilarli natijalar qayd etildi.

Bog'chalar va qamrov ko'rsatkichlari

Qayd etilishicha, mazkur yo'nalishda to'rt mingga yaqin davlat bog'cha binolari yangidan barpo etildi hamda rekonstruksiya qilindi. Natijada maktabgacha ta'lim bilan qamrov darajasi 27 foizdan 77 foizga ko'tarildi. Shuningdek, sohada xususiy sektor ishtiroki kengayib, nodavlat bog'chalar soni 8 baravarga oshdi.

Kelgusidagi ustuvor rejalar

Takomillashtirilayotgan "O'zbekiston – 2030" strategiyasi loyihasida maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirish bo'yicha muhim vazifalar belgilangan bo'lib, unga ko'ra qamrov darajasini bosqichma-bosqich oshirish ko'zda tutilgan:

  • 2026 yilda 78 foiz;
  • 2027 yilda 78,5 foiz;
  • 2028 yilda 79 foiz;
  • 2029 yilda 79,5 foiz;
  • 2030 yilda 80 foiz.

Bundan tashqari, 2030 yilgacha bolalarni maktabga tayyorlov guruhlari bilan 100 foiz qamrab olish nazarda tutilgan. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun Davlat byudjeti, xalqaro moliya institutlari, xususiy sektor, homiylik va grant mablag'larini jalb etish belgilangan. Ayni paytda mazkur strategiya loyihasining jamoatchilik muhokamasi davom etmoqda.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi