Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Namanganda faoliyat ko'rsatmagan bog'chalarga subsidiya ajratilgani aniqlandi

Namangan viloyatida amalda ishlamagan maktabgacha ta'lim tashkilotlariga 1,3 mlrd so'm subsidiya mablag'lari o'zlashtirilgani aniqlandi.

TTahririyat 1 daqiqa

Namangan viloyatining Uchqo'rg'on tumanida faoliyat yuritmagan maktabgacha ta'lim tashkilotlarini rasmiylashtirish orqali yirik miqdordagi mablag'ni o'zlashtirish holati fosh etildi. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tuman bo'limi tomonidan o'tkazilgan tekshiruvda tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mas'ullari hamda boshqa shaxslar o'zaro til biriktirgani ma'lum bo'ldi.

Aniqlanishicha, Mehnatobod va Dehqonobod mahallalaridagi xonadonlarda maktabgacha ta'lim tashkilotlari davlat ro'yxatidan o'tkazilgan, biroq mazkur bog'chalar amalda ishlamagan. Shunga qaramay, rasmiy hujjatlarga soxta ma'lumotlar kiritilib, ushbu muassasalarga 1,3 mlrd so'm subsidiya mablag'lari ajratilishiga erishilgan va bu mablag'lar o'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-toroj qilingan.

Jinoyat ishi qo'zg'atildi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi o'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-toroj qilish, 207-moddasi mansabga sovuqqonlik bilan qarash hamda 209-moddasi mansab soxtakorligi alomatlari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Hozirgi vaqtda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi