Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Farg'ona bog'chalarida bolalar bezovtaligi yuzasidan oziq-ovqat xavfsizligi tekshirilmoqda

Farg'ona shahridagi ayrim maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida kasallik belgilari kuzatilib, shifoxonaga murojaat qilindi.

TTahririyat 2 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Farg'ona shahridagi 2-, 7- va 47-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan ayrim bolalarda isitma, qorin og'rig'i, ko'ngil aynishi hamda ich ketishi kabi belgilar aniqlanib, ular shifoxonaga murojaat qilishdi. Hozirda mazkur holatning kelib chiqish sabablarini aniqlash maqsadida epidemiologik surishtiruv va laboratoriya tekshiruvlari olib borilmoqda.

Joriy yil 26-oktabr soat 11:00 holatiga ko'ra, 28 nafar bola yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Shifokorlarning ma'lum qilishicha, ularning umumiy ahvoli barqaror bo'lib, og'ir ahvoldagi bemorlar yo'q. Shuningdek, shifoxonaga murojaat qilgan yana 23 nafar bolaning ahvoli qoniqarli deb baholanib, zarur tibbiy tavsiyalar berilgach, uy sharoitida davolanishga ruxsat etilgan. Ayni paytda kasallanishga olib kelgan omillar rasman tasdiqlanmagani bois tekshiruvlar davom ettirilmoqda.

Oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar tahlil qilinmoqda

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo'mitasi matbuot xizmatining xabariga ko'ra, bog'chalardagi ovqat mahsulotlari va tayyor taomlar nazoratdan o'tkazilmoqda. Tekshiruvlarning dastlabki bosqichida bolalar iste'mol qilgan nonushta, tushlik va oraliq ovqatlar, shuningdek, mahsulotlarni yetkazib bergan tashkilotlar haqidagi ma'lumotlar o'rganilmoqda. Bakteriologik tahlil o'tkazish uchun mahsulotlar va tayyor taomlardan namunalar olingan bo'lib, mutaxassislar laboratoriya natijalari kasallanish sabablariga aniqlik kiritishini ta'kidlashmoqda.

Bog'chalarda oziq-ovqat xavfsizligi qanday nazorat qilinadi?

Farg'inadagi bu holat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor taomlar xavfsizligi ustidan nazorat masalasini yana dolzarb qilib qo'ydi. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo'mitasi matbuot xizmati rahbari Sabina Sa'dinovaning izoh berishicha, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi qaroriga asosan har bir maktabgacha ta'lim tashkilotida brakeraj komissiyasi faoliyat yuritadi.

Mazkur komissiya oshxonaga qabul qilinayotgan mahsulotlar hamda tayyorlanayotgan taomlarning sifati, tashqi ko'rinishi va iste'molga yaroqliligini tekshirib, natijalarni maxsus brakeraj daftariga qayd etib boradi. Komissiya tarkibiga tarbiyachi, oshpaz, shuningdek, tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar vakillari kirishi mumkin. Qo'mita xodimlari tomonidan brakeraj komissiyalari faoliyati yuzasidan tushuntirish va o'quv ishlari olib borilgani, nazorat choralari muntazam tashkil etib kelinayotgani qayd etilgan.

Biroq, Farg'onadagi holat bo'yicha yakuniy xulosa laboratoriya hamda epidemiologik tekshiruvlar to'liq yakunlangach beriladi va shundan so'ng bolalarning kasallanishiga olib kelgan omillar aniqlanib, mas'ul tashkilotlar harakatlariga huquqiy baho berilishi kutilmoqda.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi