Aholini ro'yxatga olish onlayn bosqichida g'olib bo'lgan talabalar taqdirlandi
Milliy statistika qo'mitasida aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olishning onlayn bosqichida faol qatnashib g'olib bo'lgan talabalar noutbuk va planshetlar bilan taqdirlandi.

Milliy statistika qo'mitasida Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbirining dastlabki onlayn bosqichida zafar quchgan talabalarni taqdirlash marosimi o'tkazildi.
G'oliblarni aniqlash tartibi
Mazkur tanlov shartlariga ko'ra, onlayn savolnomani to'ldirishda o'zi hamda oila a'zolari to'g'risidagi ma'lumotlarni to'liq va xatosiz kiritgan talabalar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishi belgilangan edi. G'oliblar ishtirokchilar orasidan tasodifiy tanlash usuli yordamida aniqlandi.
Taqdirlangan talabalar ro'yxati
Shartlarga muvofiq o'tkazilgan saralash natijalariga ko'ra bir qator faol yoshlar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi. Xususan, Toshkent davlat agrar universiteti talabasi Alimardon Qayumov, O'zbekiston davlat jahon tillari universitetidan Nozima Sobirova, Guliston davlat pedagogika institutidan Marjona Mirzahamdamova, Jizzax davlat pedagogika universitetidan Xonsuluv Hakimova hamda Toshkent davlat transport universitetidan Gulyora Tohirjonovalar noutbuk sovrindori bo'lishdi.
Shuningdek, Samarqand davlat chet tillari institutidan Vasliddin Malikov, Guliston davlat universitetidan Guliston Bahriddinova, Namangan davlat universitetidan Omina Usmonjonova, Namangan davlat texnika universitetidan Bunyodjon Yo'lchiyev hamda Nizomiy nomidagi O'zbekiston milliy pedagogika universitetidan Aziza Xurramovalar planshet bilan taqdirlandilar.
Manba: UzA



