Alfraganus universiteti va AQShning Logan oliygohi o'rtasida hamkorlik o'rnatildi
Alfraganus universiteti va AQShning Logan universiteti o'rtasida qo'shma ta'lim dasturlari hamda ikki tomonlama diplom berish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Alfraganus universiteti hamda AQShning Logan oliygohi o'rtasida o'zaro hamkorlik aloqalari o'rnatildi. Ushbu kelishuvga Logan universiteti delegatsiyasining 8-18 iyun kunlari O'zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi davomida erishildi.
Tadbirda O'zbekistonning AQShdagi elchixonasi, Migratsiya agentligi hamda ikki oliygoh rahbariyati vakillari qatnashdi. Tomonlar akademik hamkorlikni kengaytirish, talabalar va professor-o'qituvchilar almashinuvini rivojlantirish, qo'shma ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda xalqaro ta'lim dasturlarini joriy etish masalalarini muhokama qildilar.
Qo'shma diplom va o'qish imkoniyatlari
Imzolangan memorandumga ko'ra, tomonlar qo'shma ta'lim dasturlarini amalga oshiradi. Bu esa talabalarga har ikki universitetning diplomini qo'lga kiritish imkonini beradi. Logan universiteti Alfraganus oliygohida AQSh tajribasiga asoslangan tibbiyot ta'limi dasturlari, xususan, xiropraktika va boshqa sog'liqni saqlash yo'nalishlarini rivojlantirishni rejalashtirmoqda.
Logan universiteti rektori Garret Tompsonning so'zlariga ko'ra, qo'shma diplom dasturi doirasida Alfraganus talabalari Sent-Luis shahrida offlayn, Logan universitetida onlayn ta'lim olish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Shuningdek, shunday sharoitlar Logan universiteti talabalari uchun ham yo'lga qo'yiladi.
Yangi o'quv binosi ochildi
Tashrif доirаsida ikki universitetning qo'shma ta'lim dasturlarini amalga oshirish uchun barpo etilgan yangi o'quv binosi foydalanishga topshirildi. Alfraganus universiteti ma'lumotiga ko'ra, mazkur bino zamonaviy auditoriyalar, amaliy mashg'ulotlar xonalari hamda ilg'or ta'lim texnologiyalari bilan jihozlangan o'quv infratuzilmasini o'z ichiga oladi.
Manba: Kun.uz



