Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Andijonda o'quvchi yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishga bag'ishlangan seminar o'tkazildi

Andijon viloyatida maktab maslahatchilari forumi loyihasiga bag'ishlangan viloyat seminari bo'lib o'tdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Andijon viloyati "Kelajak" markazi tashabbusi bilan Oltinko'l tumanidagi 12-umumta'lim maktabida "Maktab maslahatchilari forumi" loyihasini boshlashga bag'ishlangan viloyat seminari bo'lib o'tdi. Mazkur tadbirda markaz xodimlari, shahar va tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limlari mutaxassislari, yozgi sog'lomlashtirish oromgohlari faoliyat yuritayotgan maktablar vakillari hamda o'quvchi yoshlar qatnashdi.

Seminar va forumning asosiy maqsadlari

Tadbirning ochilish qismida Andijon viloyati "Kelajak" markazi direktori Fayzullo Dadajonov va boshqalar so'zga chiqib, maktab maslahatchilarining o'quvchilar tarbiyasidagi o'rni hamda yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishdagi ahamiyatini alohida ta'kidladilar. Shuningdek, forumning asosiy maqsad va vazifalari atroflicha tushuntirildi.

Seminar davomida maktab maslahatchilari faoliyatini yanada takomillashtirish, yoshlar bilan ishlash jarayonining samaradorligini oshirish hamda ilg'or ish tajribalarini ommalashtirish masalalari muhokama markazida bo'ldi. Ayni paytda Qo'rg'ontepa, Bo'ston, Asaka va Xo'jaobod tumanlarida faoliyat ko'rsatayotgan “Kelajak kemp” yozgi sog'lomlashtirish oromgohlarining ishini yanada samarali yuritish, shuningdek, boshqa shahar va tumanlarda ham shunday oromgohlarni tashkil etish yuzasidan muhim fikr-mulohazalar bildirildi.

Amaliy tadbirlar va ko'rgazmalar

Anjuman doirasida ta'lim dargohlarida tashkil etilgan turli to'garaklarning ko'rgazmalari namoyish etildi. O'quvchilar o'rtasida sport musobaqalari, intellektual "Zakovat" bellashuvlari tashkil etildi. Shuningdek, iqtidorli o'quvchilar o'zlarining shartli loyihalari taqdimotlarini o'tkazdilar va turli madaniy-ma'rifiy tadbirlar bo'lib o'tdi.

Seminardan ko'zlangan asosiy maqsad o'quvchi yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, bo'sh vaqtini unumli o'tkazishni ta'minlash hamda maktab maslahatchilarining bilim darajasi va tajribasini boyitish, ularning ish faoliyatiga ilg'or uslublarni muvaffaqiyatli joriy etishdan iborat bo'ldi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi