Alisher Qodirov bogcha va boshlangich talimda ona tili masalasini kotardi
Alisher Qodirov bola bogcha va boshlangich talimda oz ona tilida tarbiya korishi va talim olishi shartligini malum qildi.
Bola bogchada va boshlangich talimda oz ona tilida tarbiya korishi hamda ilm olishning poydevorini boshlashi kerak. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bolaning eng ustun manfaatlarini taminlashga qaratilgan qonun loyihasini birinchi oqishida «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov malum qildi.
Bugungi kunda ayrim bolalar begona tilda tarbiya olishga va boshlangich talimni olishga majbur qilinayotgani, buning natijasida maktabdan kutilgan bilim hamda bogchadan kutilgan tarbiya olinmayotgani takidlandi. Pedagogikada isbotini topgan ushbu muammoni kopchilik tan olishni istamayotgani, biroq uni qonunda aks ettirish maqul ekani bildirildi.
Ta'lim tilini tanlash va qonun talablari
«Talim togrisida»gi qonunda talim tilini tanlash erkinligi belgilab qoyilgan. Biroq maktabgacha talim va boshlangich talim bosqichida har bir bolaning ustun manfaati sifatida oz ona tilida tarbiya korishi hamda boshlangich talim olish majburiyatini qonuniy tarzda mustahkamlash zarurligi aytildi. Begona tilda talim olishga majburlangan bolalar oxir-oqibat tarbiyasiz va talimsiz bolib qolayotgani qayd etildi.
«Milliy tiklanish» partiyasi fraksiyasi qonun loyihasini ikkinchi oqish jarayonida ushbu tahrirni shakllantirish hamda takomillashtirish choralarini korishi malum qilindi.
Manba: Kun.uz


