Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Buvaydadagi maktab direktori qonunbuzarlik bilan ishdan olingani uchun qayta tiklanadi

Farg'onada dam olish kunlari o'qituvchilarni navbatchilikka majburlagan maktab direktori mehnat qonunchiligi buzilgani sababli ishga tiklanadi.

TTahririyat 1 daqiqa

Farg'ona viloyatining Buvayda tumanidagi 37-maktabda bayram va dam olish kunlarida o'qituvchilarning tunu kun navbatchilikka jalb qilingani holati yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o'rganish ishlari olib borildi. Tekshiruv natijalariga ko'ra, pedagog xodimlarga mehnat qonunchiligiga zid ravishda dam olish kunlaridagi mehnati uchun ikki hissa miqdorida ish haqi to'lab berilmagani aniqlanib, ish beruvchiga yozma ko'rsatma kiritildi. Shuningdek, mehnat qonunchiligi talablarini buzgan maktab rahbariga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 49-moddasiga asosan tegishli chora ko'rildi.

Rahbarni lavozimdan ozod etishdagi qoidabuzarliklar

Aniqlangan holatlar ortidan Farg'ona viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mazkur maktab direktorini egallab turgan lavozimidan ozod etganini e'lon qilgan edi. Biroq Mehnat inspeksiyasi boshlig'i Nilufar Amanniyazovaning ta'kidlashicha, boshqarma rahbarni ishdan bo'shatish jarayonida amaldagi mehnat qonunchiligini qo'pol ravishda buzgan. Xususan, suhbat chog'ida maktab direktori o'zi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan xabari yoqligini bildirgan. Inspeksiya nafaqat o'qituvchilarning mehnat huquqlarini himoya qilishi, balki qonunbuzarlik bilan ishdan olingan maktab direktorining ham ishga tiklanishini ta'minlashi qat'iy belgilangan.

Mehnat qonunchiligi talablari

Mutasaddilarning eslatishicha, xodimlarni dam olish va rasman ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilish uchun ularning roziligi olinishi shart. Qolaversa, qonunchilikka to'liq muvofiq holda tegishli to'lovlar ham o'z vaqtida amalga oshirilishi lozim. Amaldagi Mehnat kodeksining 209- va 210-moddalari bu boradagi huquqiy kafolatlarni belgilab beradi. Qonunbuzarliklarni hamda ularning kelib chiqishiga sabab bo'layotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan yuqori turuvchi tashkilotga maxsus taqdimnoma kiritildi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi