Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Andijon davlat texnika institutining joriy yilgi bitiruvchilariga diplomlar topshirildi

Andijon davlat texnika institutida 2026-yilgi bakalavriat va magistratura bitiruvchilariga diplomlar tantanali ravishda topshirildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Bobur shahrida Andijon davlat texnika institutining 2026-yilgi bitiruvchilariga diplom topshirishga bag'ishlangan tantanali marosim tashkil etildi. Ushbu tadbirda institut rahbariyati, professor-o'qituvchilar, ta'lim faxriylari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yirik ish beruvchilar, shuningdek, bitiruvchi yoshlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etishdi.

Tadbirni kirish so'zi bilan ochib bergan institut rektori, texnika fanlari doktori, professor Umid Turdialiyev mamlakatimizda yosh avlodning sifatli ta'lim olishi va zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi yo'lida keng imkoniyatlar yaratilayotganini ta'kidladi. U bitiruvchilarni hayotdagi yangi mas'uliyatli bosqich bilan qutlab, ularning kelgusida yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissalarini qo'shishiga ishontirish bildirdi.

Xalqaro g'oliblar va faol talabalar taqdirlandi

Marosim davomida Qozog'istonning Olmaota shahrida o'tkazilgan “Almaty TechCup XII: Age of AI – Future Race” xalqaro chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritgan institut talabalariga ehtirom ko'rsatildi. Shu bilan birga, ta'lim, fan, ilmiy-tadqiqot ishlari, innovatsion loyihalar hamda turli xalqaro tanlov va musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan bir qator iqtidorli talabalarga Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining tashakkurnomalari topshirildi.

Shundan so'ng bakalavriat hamda magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan o'g'il-qizlarga tantanali ravishda diplomlar topshirildi. Ma'lumot uchun, joriy yilda mazkur oliygohni transport, energetika, qurilish, iqtisodiyot va boshqa 30 dan ortiq ta'lim yo'nalishlari bo'yicha jami 1864 nafar yosh muvaffaqiyatli tamomladi. Tantanali marosim yakunida konsert dasturi namoyish etildi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi