Talabalar uchun Mahalla master rejasi tanlovi o'tkaziladi
Og'ir toifadagi mahallalarni rivojlantirish uchun talabalar o'rtasida master reja loyihalari tanlovi tashkil etilmoqda.
Respublika bo'ylab belgilangan 16 ta og'ir toifadagi mahalla uchun eng maqbul master reja loyihalarini ishlab chiqish orqali hududlarni rivojlantirishga hissa qo'shish maqsadida talabalar o'rtasida tanlov o'tkaziladi. Mazkur musobaqa Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti hamda Jahon banki va Yevropa Ittifoqi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Tanlov shartlari va qatnashchilar
Unda biriktirilgan oliy ta'lim muassasalarining iqtisodiyot va texnika yo'nalishidagi bitiruvchi bakalavrlari hamda 1- va 2-bosqich magistratura talabalarining qatnashishlari mumkin. Jamoa tarkibi ichki saralash asosida 5 nafardan 7 nafargacha talaba va 1 nafar mas'ul pedagogdan iborat bo'lishi belgilangan. G'olib deb topilgan beshta eng yaxshi talabalar jamoasi mukofot sertifikatlari bilan taqdirlanadi.
Muhim sanalar
- 2026 yil 15 sentabrgacha OTMlar tomonidan talabalar guruhlari shakllantiriladi.
- 30 sentabrgacha ekspertlar ishtirokida master reja bo'yicha onlayn seminarlar o'tkaziladi.
- 30 oktyabrgacha dastlabki master reja loyihalari muhokamasi bo'lib o'tadi.
- Yakuniy master reja loyihalari 1 dekabrgacha topshiriladi.
- Yakuniy taqdimot va g'oliblarni baholash 25 dekabrgacha o'tkaziladi.
Manba: Kun.uz



