Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Andijon davlat universitetida Oliy Majlis deputatlari ishtirokida uchrashuv o'tkazildi

Andijon davlat universitetida deputatlar ishtirokida Prezident Murojaatnomasi va "O'zbekiston - 2030" strategiyasiga bag'ishlangan davra suhbati bo'lib o'tdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Andijon davlat universitetida tashkil etilgan "Deputat va yoshlar uchrashuvi" doirasida muhim targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi. Davra suhbati O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 26 dekabrdagi Oliy Majlisga va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasi hamda "O'zbekiston – 2030" strategiyasining mazmun-mohiyatiga bag'ishlandi.

Ishtirokchilar va muhokama qilingan masalalar

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Gulnoraxon Abduvohidova, Muqaddasxon Ahmedova hamda Oliy Majlis Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili Jasurbek Ibrohimov qatnashdi. Shuningdek, universitet professor-o'qituvchilari va talaba yoshlar ham ishtirok etdi. Uchrashuv davomida mazkur hujjatlarning mamlakat taraqqiyoti hamda xalq farovonligini oshirishdagi o'rni atroflicha tushuntirildi.

Oliy Majlisdagi "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi a'zosi Gulnoraxon Abduvohidova mamlakatdagi islohotlar va sud-huquq sohasidagi ishlar haqida to'xtaldi. U yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish hamda oilaviy zo'ravonlikka qarshi kurashish masalalariga alohida e'tibor qaratdi. O'zLiDep fraksiyasi a'zosi Muqaddas Ahmedova esa Murojaatnomadagi ustuvor yo'nalishlar xususida ma'lumot berib, yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida gapirdi. Shuningdek, talabalarning aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbiridagi ishtiroki hamda oilaviy ajrimlarning oldini olish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga deputatlardan batafsil javoblar oldilar.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi