Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Ayrim toifadagi talabalarning turar joy xarajatlarini qoplash tartibi tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan ayrim toifadagi talabalarning davlat OTMlari talabalar turar joyidagi yashash xarajatlarini qoplab berish tartibi belgilandi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan davlat oliy ta'lim tashkilotlari talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlarini qoplab berish tartibini belgilovchi maxsus nizom tasdiqlandi. Yangi tartibga ko'ra, talabalarning yotoqxonadagi xarajatlarini byudjet mablag'lari hisobidan moliyalashtirish va qoplash mexanizmlari aniq belgilab berildi.

Moliyalashtirish manbalari va tartibi

Qarorga muvofiq, yashash xarajatlarini qoplash uchun to'lovlar 2026 yilda respublika byudjetidan tegishli vazirlik va idoralarga ajratiladigan mablag'lar doirasida amalga oshiriladi. 2027 yildan boshlab esa bu xarajatlar byudjet qonunchiligi talablariga mos ravishda taqdim etiladigan so'rovnomalar asosida Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutiladi.

Ushbu imtiyoz davlat OTMlarining faqat kunduzgi ta'lim shaklida tahsil olayotgan o'quvchilariga (jumladan, xorijiy hamkor oliy ta'lim tashkilotlarining qo'shma ta'lim dasturlari va fakultetlarida o'qiyotganlarga ham) tatbiq etiladi. Bunda talabaning davlat granti yoki to'lov-kontrakt asosida o'qishi muhim emas.

Kimlarning xarajatlari qoplanadi?

Talabaning yotoqxonadagi yashash xarajatini qoplab berish uning oilasi Ijtimoiy reyestrning “kambagallik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan sanadan boshlab 12 oy davomida saqlanib qoladi. Oilaning Ijtimoiy reyestrga kiritilgani yoki undan chiqarilgani OTMning axborot tizimi orqali yuboriladigan elektron so'rovlar hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ma'lumotnomalari asosida aniqlanadi.

Shuningdek, talabalarga oylik to'lovlar faqatgina qonunchilik hujjatlariga muvofiq oliy ta'lim muassasasi bilan talaba o'rtasida imzolangan rasmiy shartnoma mavjud bo'lgan taqdirdagina qoplab beriladi. Nizomda talabalar turar joylarida yashovchi tegishli toifadagi yoshlar ro'yxatini shakllantirish hamda komissiya tomonidan masalalarni ko'rib chiqish tartiblari ham o'z aksini topgan.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi