Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Andijon shahridagi Prezident maktabining navbatdagi bitiruvchilari mustaqil hayotga kuzatildi

Andijon shahridagi Prezident maktabida o'quv yili yakunlanib, bitiruvchilar tantanali ravishda mustaqil hayotga kuzatildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Andijon shahridagi Prezident maktabida “Yangi zamon bitiruvchi yoshlari” shiori ostida “So'nggi qo'ng'iroq” tadbiri bo'lib o'tdi. Ushbu tantanali marosimda ta'lim sohasi mutasaddilari, davlat hamda jamoat tashkilotlari vakillari, o'qituvchilar, ota-onalar va o'quvchilar qatnashdi.

Mazkur ta'lim maskanida o'quv jarayoni xalqaro ta'lim dasturlari va STEAM modeli asosida to'liq ingliz tilida olib boriladi. Shuningdek, bu yerda aniq va tabiiy fanlar, matematika, xorijiy tillar hamda axborot texnologiyalari chuqurlashtirilgan shaklda o'qitiladi.

Yuqori natijalar va xalqaro sertifikatlar

Bugungi kunda mazkur maktabda jami 168 nafar o'quvchi ta'lim olib kelmoqda. Joriy o'quv yilida ulardan 24 nafari mazkur dargohni muvaffaqiyatli tamomladi. Qayd etilishicha, barcha bitiruvchilar IELTS imtihonini muvaffaqiyatli topshirib, 7,0–8,5 oralig'idagi yuqori ballarni qo'lga kiritdi. Bund tashqari, yoshlarning 99 foizi SAT xalqaro test sinovlarida ham salmoqli natijalarga erishdi.

Tadbir davomida bitiruvchilarning xalqaro ta'lim dasturlari hamda Respublika miqyosidagi tanlovlarda qo'lga kiritgan yutuqlari alohida e'tirof etildi. Shuningdek, ular dunyoning nufuzli oliy ta'lim muassasalariga grant asosida o'qishga qabul qilingani ta'kidlab o'tildi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi