Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Navoiy shahrida Prezident maktabiga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi o'tkazildi

Navoiy shahridagi Prezident maktabiga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqich sinovlarida 480 nafar o'quvchi qatnashdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Navoiy shahridagi "Kimyogar" sport majmuasida Prezident maktabiga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi doirasida test sinovlari tashkil etildi. Mazkur bosqichda dastlabki sinovdan muvaffaqiyatli o'tgan jami 480 nafar o'quvchi ishtirok etdi.

Navoiy shahridagi Prezident maktabi direktori Jo'rabek Aslonovning so'zlariga ko'ra, imtihon jarayonlarining shaffof hamda adolatli o'tishi uchun har tomonlama puxta tayyorgarlik ko'rilgan. Jumladan, barcha o'quvchilar to'liq Face ID tekshiruvidan o'tkazilgach, sinov jarayonlariga kiritilgan. Test materiallari imtihon boshlanishidan oldin maxsus qoplarda olib kelingan va xolislar ishtirokida ochilib, guruhlarga biriktirilgan mas'ul shaxslar tomonidan o'quvchilarga tarqatib berilgan.

Imtihon shartlari va vaqt taqsimoti

Sinov jarayonida o'quvchilarga ikkita fan bo'yicha topshiriqlar bajarish uchun vaqt ajratildi:

  • Matematika: tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo'yicha 40 ta topshiriqqa 90 daqiqa vaqt berildi.
  • Ingliz tili: grammatika va matn bilan ishlash bo'yicha 40 ta topshiriqqa 40 daqiqa ajratildi.

Ma'lum qilinishicha, Prezident maktablariga kirish sinovlarining ushbu ikkinchi bosqich natijalariga asosan, qatnashgan 480 nafar o'quvchidan faqat 24 nafari mazkur maktabga o'qishga qabul qilinadi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi