Andijon tumanidagi maktabda zamonaviy kutubxona ochildi
Shahrixon tumanidagi 29-maktabda yangi kutubxona tashkil etilib, badiiy va ilmiy adabiyotlar bilan boyitildi.

Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi 29-umumiy o'rta ta'lim maktabida yangi va zamonaviy kutubxona foydalanishga topshirildi. Mazkur ma'romgoh Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Odinaxon Otaxonova tashabbusi hamda homiyligi asosida O'zLiDePning "Durdona" loyihasi doirasida barpo etildi. Kutubxonaning ochilish marosimida ta'lim muassasasi pedagoglari, o'quvchilar, partiyaning Andijon viloyat Kengashi mas'ul xodimlari, mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari qatnashdi. Yangi ta'lim maskanining fondi turli ilmiy-ommabop hamda badiiy adabiyotlar bilan to'ldirildi.
Tadbir davomida so'z olganlar yoshlarning ma'naviy kamoloti va dunyoqarashini kengaytirishda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish muhimligini qayd etdilar. Shuningdek, mamlakatimizda yoshlar siyosati doirasida ta'lim hamda ma'rifat sohasiga qaratilayotgan e'tibor, milliy va jahon adabiyoti namunalarini keng targ'ib etish borasidagi ishlar o'z samarasini berayotgani e'tirof etildi.
Kitob – ma'naviyat beshigi
Ochilish marosimidan keyin "Kitob – ma'naviyat beshigi" deb nomlangan davra suhbati o'tkazildi. Muhokamalar chog'ida yosh avlod o'rtasida kitobxonlikni ommalashtirish, milliy adabiyot durdonalarini targ'ib qilish hamda boy ma'naviy merosni asrab-avaylash masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Yakunda tadbir qatnashchilari kutubxonaning yangi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Manba: UzA


