Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Andijonda maktab maslahatchisi lavozimiga nomzodlar test sinovidan o'tmoqda

Andijon viloyatida davlat maktablarida yangi joriy etilgan maslahatchi lavozimi uchun talabgorlardan test sinovlari olinmoqda.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Andijon viloyati pedagogik mahorat markazida davlat maktablari uchun yangi joriy etilgan maktab maslahatchisi lavozimiga talabgorlar sinovdan o'tkazilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 8 sentyabrdagi “Maktabdan tashqari ta'lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risidagi” qarori ijrosini ta'minlash maqsadida mamlakatimizdagi maktablarda ushbu lavozim yo'lga qo'yilgandi.

Mazkur hujjat asosida tashkil etilgan Andijon viloyati “Kelajak” markazi tomonidan nomzodlar belgilangan tartiblar bo'yicha imtihon qilinmoqda. Markaz direktori Fayzullo Dadajonovning ma'lum qilishicha, viloyatdagi 469 ta maktabda ochilgan maslahatchi o'rni uchun jami 979 nafar fuqaro ro'yxatdan o'tgan.

Sinov jarayonlari va talablar

Talabgorlar o'z bilim darajasini test sinovlari orqali namoyish etmoqda. Imtihonlar davomida nomzodlarning:

  • Kasbiy bilimlari;
  • Normativ-huquqiy hujjatlardan qanchalik xabardorligi;
  • Yoshlar bilan ishlash ko'nikmalari atroflicha baholanmoqda.

Saralash bosqichlari

Mutaxassislarning qayd etishicha, mazkur sinovlardan muvaffaqiyatli o'tgan ishtirokchilar bilan keyingi bosqichda suhbat tashkil etiladi. Suhbat natijalariga ko'ra saralangan nomzodlar bevosita maktab maslahatchisi lavozimiga tayinlanadi. Butun jarayonlar belgilangan tartib-qoidalar, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida amalga oshirilmoqda.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi