Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Andijonda o'qituvchilar uchun yo'l harakati qoidalari bo'yicha seminar o'tkazildi

Andijon viloyatida maktab o'qituvchilariga yo'l harakati qoidalarini o'rgatish samaradorligini oshirishga bag'ishlangan seminar-trening bo'lib o'tdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Andijon viloyati IIB JXX Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi tashabbusi bilan o'quvchi yoshlarga yo'l harakati qoidalarini samarali o'qitish va o'rgatish, shuningdek, mutaxassislarning bilim va malakalarini oshirishga bag'ishlangan maxsus seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur tadbir Marhamat va Izboskan tumanlari Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi hamkorligida o'tkazildi. Unda umumta'lim maktablarining bolalarga yo'l harakati qoidalarini o'rgatishga ixtisoslashgan o'qituvchilari ishtirok etdi. Trening davomida ushbu yo'nalishda tumanlarda amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan yutuqlar hamda mavjud muammolar atroflicha tahlil qilindi.

Tadbirning asosiy maqsadi yosh avlod ongida yo'l harakati madaniyatini shakllantirish, o'quvchilarning bu boradagi bilimlarini oshirishdan iborat. Shuningdek, o'quvchilarga harakat xavfsizligi qoidalarini to'g'ri va samarali yetkazish hamda bolalar ishtirokidagi yo'l-transport hodisalarining oldini olish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Viloyat YHXB katta mutaxassisi Abdumajid Raimjonovning ta'kidlashicha, seminar davomida mutaxassislar ishtirokchilarga yo'l harakati qoidalarini o'qitishning zamonaviy usullari va interaktiv yondashuvlar yuzasidan amaliy tavsiyalar bergan. Shuning yaniq, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan ko'ngilsiz holatlarning oldini olish yo'llari tushuntirildi.

Sessiya yakunida o'qituvchilar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar olishdi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi