AQSH oliy ta'lim muassasalari migratsiya siyosati oqibatida moliyaviy qiyinchilikka uchramoqda
Donald Trampning migratsiya siyosati qat'iylashgani sababli AQSHga xorijlik talabalar oqimi kamaydi va universitetlar moliyaviy inqirozga yuz tutdi.

AQSHda Donald Tramp tomonidan migratsiya siyosatining kuchaytirilishi mamlakat oliy ta'lim muassasalarining moliyaviy ahvoliga jiddiy ta'sir ko'rsatmoqda. Xorijlik talabalar oqimining kamayib ketishi oqibatida universitetlar qiyinchiliklarga duch kelayotgani haqida The Washington Post nashri xabar berdi.
Ma'lumki, chet ellik yoshlar o'qish uchun mahalliy fuqarolarga qaraganda ancha ko'p miqdorda to'lov amalga oshiradi. Shu sababli ko'plab oliy o'quv yurtlari hozirda xarajatlarni sezilarli darajada qisqartirish choralarini ko'rmoqda. Prinston universiteti tomonidan o'tkazilgan maxsus tadqiqot natijalariga ko'ra, xorijlik talabalar keltiradigan daromad universitet va kollejlar umumiy byudjetining o'rtacha 12 foizini tashkil etadi. Ayrim ta'lim maskanlarida esa xalqaro talabalar mablag'iga bog'liqlik ko'rsatkichi 30 foizdan yuqori ekani aniqlangan.
Moliyaviy byudjetlar qayta ko'rib chiqilmoqda
Yuzaga kelgan tang vaziyat Amerika ta'lim tizimidagi ko'plab o'quv muassasalarini o'z moliyaviy rejalari va byudjetini qayta ko'rib chiqishga majbur qilmoqda.
Manba: UzA


