Pedagoglar uchun kasbiy sertifikatlash sinovlariga 1-iyuldan ariza qabul qilinadi
Umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'qituvchilarini kasbiy sertifikatlash uchun hujjatlar 1-31-iyul kunlari qabul qilinadi.

Joriy yilning 1-iyul sanasidan boshlab maktab o'qituvchilari uchun kasbiy sertifikatlash nazorat sinovlarida qatnashish yuzasidan murojaatlar qabul qilish jarayoni boshlanadi. Hujjat topshirish 31-iyulga qadar davom etishi belgilangan.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi tegishli qaroriga ko'ra, maktablarda pedagog kasbiga ilk bor ishga kirgan stajyor-o'qituvchilar hamda malaka toifasiga ega bo'lmagan boshqa pedagog kadrlar mazkur sinovlardan o'tishlari shart. 2026-yil 1-iyuldan boshlanadigan ariza topshirish jarayoni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, mart-iyun oylarida o'tkazilgan imtihonlarda 56 balldan kam to'plagan yoki turli sabablarga ko'ra qatnasha olmagan stajyor-o'qituvchilarga ham ushbu muddat davomida qayta ariza berish imkoniyati taqdim etiladi. Mas'ullar o'qituvchilarga belgilangan muddatlarga amal qilgan holda murojaatlarini o'z vaqtida rasmiylashtirish zarurligini eslatdi.
Manba: UzA


