Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Turkiyada ishlaydigan mutaxassislar uchun malaka baholash va sertifikatlash tizimi joriy etiladi

Turkiyada mehnat qilishni rejalashtirayotgan o'zbekistonliklar uchun turk standarti asosida malaka baholash va sertifikatlash jarayonlari boshlanadi.

TTahririyat 1 daqiqa

Migratsiya agentligi Turkiyaning Arya tashkiloti bilan hamkorlik to'g'risida bitim imzoladi. Mazkur kelishuv Turkiyada mehnat qilishni rejalashtirayotgan yurtdoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan bo'lib, fuqarolarning kasbiy mahoratini rasman tasdiqlashga xizmat qiladi.

Hududlarda malaka baholash markazlari ish boshlaydi

Qabul qilingan bitimga muvofiq, endilikda Toshkent, Namangan va Sirdaryo viloyatlarida 25 ta kasb bo'yicha mutaxassislar turk standarti asosida malaka baholash jarayonlaridan o'tadi va natijada sertifikatga ega bo'ladi. Bu esa ishga joylashishda talabgorlikni oshirish hamda mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solishga xizmat qiladi.

Akkuyu AESda yuqori daromadli ish o'rinlari

Ushbu tashabbus natijasida 2026 yilda 1 500 nafar sertifikatga ega mutaxassis Turkiyaning Mersin viloyatida joylashgan Akkuyu atom elektr stansiyasidagi yuqori daromadli ish o'rinlariga joylashtirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, loyiha nafaqat ishga joylashtirish, balki mutaxassislarning malakasini xalqaro talablar asosida baholash, ularning huquqiy himoyasini ta'minlash hamda mehnat shartlarini shaffoflashtirishga qaratilgan yo'nalishlarni ham qamrab oladi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi