Badiiy akademiya tasarrufidagi ta'lim muassasalarida tekshiruv natijalari muhokama qilindi
Bosh prokuratura tomonidan Badiiy akademiya ta'lim muassasalarida o'tkazilgan rejali tekshiruv natijalari yig'ilishda tahlil qilindi.

O'zbekiston Badiiy akademiyasida Bosh prokuratura tomonidan tasarrufdagi ta'lim muassasalarida o'tkazilgan rejali tekshiruv natijalari va badiiy ta'lim tizimidagi vazifalar ijrosiga bag'ishlangan kengaytirilgan yig'ilish o'tkazildi.
Tadbirda Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori F.Temirov Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi hamda Badiiy akademiya huzuridagi Badiiy ta'lim yo'nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazida o'tkazilgan tekshiruv natijalari haqida hisobot berdi.
Aniqlangan kamchiliklar va vazifalar
Tekshiruv jarayonida amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta'minlash borasida qilingan ishlar bilan birga qator xato va kamchiliklar ham borligi aniqlangani ma'lum qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qonunchilik talablariga qat'iy rioya etilishini ta'minlash hamda ta'lim muassasalarida ijro intizomini mustahkamlash bo'yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.
Shuningdek, yig'ilishda mas'uliyatni oshirish va kelgusida bunday holatlarni takrorlanishining oldini olish yuzasidan mas'ullarga aniq topshiriqlar yuklatildi. Badiiy ta'lim tizimi faoliyatining samaradorligini oshirish, qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini ta'minlash hamda kelgusidagi tashkiliy va amaliy vazifalar belgilab olindi.
Manba: UzA