Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Samarqand davlat universiteti akademik litseyi bitiruvchilarining aksariyati talabalikka nomzod bo'ldi

Samarqand davlat universiteti akademik litseyini 2025-2026 o'quv yilida bitirayotgan 227 nafar o'quvchining 194 nafari milliy va xalqaro sertifikatlar olib, muddatidan oldin talabalikka da'vogar bo'ldi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti akademik litseyining 2025-2026 o'quv yilidagi 227 nafar bitiruvchisidan 194 nafari milliy hamda xalqaro sertifikatlarga ega chiqdi va muddatidan avval oliy ta'lim muassasalari talabasi bo'lish arafasida turibdi.

Yutuqlar va medallar

Tahsil yili davomida litsey o'quvchilari jami 453 ta fan va til yo'nalishidagi milliy hamda xalqaro sertifikatlarni qo'lga kiritdi. Shulardan 50 nafar bitiruvchi bir yo'la 5 tadan sertifikat egasiga aylandi. Shuningdek, bitiruvchilarning 11 nafari oltin medal, 3 nafari kumush medal va 46 nafari a'lo darajali diplom bilan bitirdi. Tabiiy fanlar yo'nalishi o'quvchisi Asilbek Muratov biologiya fanidan viloyat olimpiadasida 3-o'rinni egallab, Respublika bosqichida ham qatnashdi.

Pedagogik jamoa salohiyati

Aprel va iyun oylarida o'tkazilgan tadbirlar davomida ta'kidlanganidek, litseyda hozirgi kunda 60 nafar malakali pedagog faoliyat yuritmoqda. Ularning 11 nafari Samarqand davlat universiteti professor-o'qituvchilaridir. O'qituvchilarning 43 nafari milliy va xalqaro sertifikatlarga ega bo'lsa, chet tili darslarini beruvchi barcha 10 nafar o'qituvchi S1 darajadagi milliy sertifikatga egadir.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi