Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Bank-moliya akademiyasi bitiruvchilariga magistrlik diplomlari topshirildi

Bank-moliya akademiyasining magistratura bosqichini tamomlagan 202 nafar yosh mutaxassisga tantanali ravishda diplomlar berildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

O'zbekistondagi yetakchi oliy ta'lim muassasalaridan biri bo'lgan Bank-moliya akademiyasida navbatdagi magistrlar bitiruviga bag'ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi. Ushbu quvonchli kunda jami 202 nafar bitiruvchiga magistrlik diplomlari topshirildi. Ularning orasida Akademiya hamda Rossiyaning Oliy iqtisodiyot maktabi Milliy tadqiqot universiteti o'rtasidagi qo'shma ta'lim dasturi asosida o'qishni tamomlagan 10 nafar yoshlar ham bor.

Tadbir davomida ta'lim dargohi «Islom iqtisodiyoti va moliyasi» mutaxassisligi bo'yicha maxsus davlat akkreditatsiyasi sertifikatiga ega bo'lgani e'lon qilindi. Bu esa tinglovchilarga islomiy moliya va bank ishi, shariatga muvofiq moliyaviy instrumentlar, sarmoyalar, tavakkalchiliklarni boshqarish hamda zamonaviy mexanizmlar bo'yicha chuqur bilim olish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

Xalqaro hamkorlik va kadrlar tayyorlash

Marosimda senatorlar, Markaziy bank, vazirlik va idoralar mas'ullari, Rossiyaning Oliy iqtisodiyot maktabi rahbariyati hamda professor-o'qituvchilar ishtirok etdi. Akademiya rektori Elmurod Hoshimovning ta'kidlashicha, ta'lim jarayoni zamonaviy yondashuvlar, amaliy ko'nikmalar va xalqaro tajriba bilan uyg'unlashtirilmoqda, xususan, nufuzli xorijiy OTMlar bilan hamkorlik izchil kengayib bormoqda.

Bugungi kunda mazkur Akademiyani bitirgan magistrlar mamlakatimizdagi bank-moliya tizimi, davlat boshqaruvi, yirik moliya institutlari hamda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib, yurtimiz taraqqiyotiga o'z hissalarini qo'shib kelmoqd.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi