Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Buxoro davlat pedagogika institutida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o'rganildi

Senator va yozuvchi Abdusaid Ko'chimov Buxoro davlat pedagogika institutiga tashrif buyurib, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi va kutubxonaga o'z kitoblarini tuhfa qildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Zamonaviy oliy ta'lim dargohlari faqat dars o'tiladigan maskan bo'lib qolmay, yoshlarning bilimi, ijodiy salohiyati va dunyoqarashini kengaytiradigan ma'naviy-ma'rifiy markazga aylanmoqda. Shu maqsadda Buxoro davlat pedagogika institutida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida senator va yozuvchi Abdusaid Ko'chimov oliygohga tashrif buyurdi.

Mehmonni institut rektori B. Ma'murov kutib oldi. Tashrif davomida rahbariyat tomonidan professor-o'qituvchilar va talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o'quv jarayoni hamda zamonaviy infratuzilma haqida batafsil ma'lumot berildi. Jumladan, ochiq havoda hordiq chiqarish va ijodiy loyihalarni o'tkazishga mo'ljallangan "Yoshlar bog'i" mehmonda katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, tashrif davomida alohida ta'lim ehtiyojlariga ega talabalar uchun tashkil etilgan inklyuziv ta'lim xonasi ko'zdan kechirildi. Bu yerda yoshlarning sifatli ta'lim olishi va o'z qobiliyatlarini namoyon etishi uchun yaratilgan sharoitlar ta'limda inson qadri tamoyiliga qanchalik e'tibor qaratilayotganini ko'rsatdi. Shuning yani, O'zbekiston Yoshlar ittifoqi xonasi faoliyati ham o'rganilib, talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish borasidagi ishlar tilga olindi.

Tashrifning eng muhim qismlaridan biri Axborot-resurs markazida bo'lib o'tdi. Abdusaid Ko'chimov o'z qalamiga mansub badiiy va she'riy asarlar to'plamlarini kutubxona fondiga sovg'a qildi. Mazkur kitoblar kelgusida talaba va o'qituvchilar uchun muhim ma'naviy manba bo'lib xizmat qilishi ta'kidlandi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi