Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Buxoro davlat tibbiyot institutida xorijiy talabalar uchun diplom topshirish marosimi o'tkazildi

Buxoro davlat tibbiyot institutining 90 nafardan ortiq hindistonlik va pokistonlik bitiruvchilariga diplomlar topshirildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti xalqaro miqyosda nufuzini oshirib bormoqda. Bugungi kunda mazkur ilm maskanida dunyoning 20 dan ortiq davlatidan kelgan talabalar tahsil olmoqda. Institutda jami 30 ga yaqin millat vakillari zamonaviy tibbiyot sirlarini o'rganib, inson salomatligi yo'lida xizmat qilish uchun tayyorgarlik ko'rmoqda.

Bitiruvchilar va xalqaro hamkorlik

Shu munosabat bilan Davolash ishi yo'nalishini 2020-2026 o'quv yillarida tamomlagan Hindiston va Pokiston fuqarosi bo'lgan 90 nafardan ortiq bitiruvchiga tantanali ravishda diplomlar topshirildi. Mazkur tadbir institutning xalqaro hamkorlaridan biri bo'lgan "PeopleHive LLC" kompaniyasi ko'magida tashkil etildi. Marosimda bitiruvchilar, ularning ota-onalari, professor-o'qituvchilar hamda xorijiy mehmonlar qatnashdi.

Tadbirda so'zga chiqqan institut rektori Shuhrat Teshayev yoshlarni oliy tibbiy ta'limni muvaffaqiyatli yakunlagani bilan tabrikladi. U o'quv dargohida talabalar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, xalqaro ta'lim standartlari, zamonaviy laboratoriyalar va klinik bazalar haqida gapirdi.

Xalqaro e'tirof va elchilar

Ko'p yillik izlanishlar samirasi bo'lgan mazkur hujjat yosh shifokorlarga yangi imkoniyatlar ochadi. Ota-onalar va bitiruvchilar ta'lim jarayoni yuqori saviyada tashkil etilganini e'tirof etib, ustozlarga minnatdorlik bildirdi. Xorijlik yoshlar o'z mamlakatlarida faoliyat yuritish barobarida O'zbekiston ta'lim tizimi va tibbiy maktabining elchilariga aylanadi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi