Zarmed universiteti Samarqand va Buxoro kampuslarida qanday imkoniyatlar yaratilgan?
Ayni paytda 15 mingga yaqin talaba tahsil olayotgan Zarmed universitetining Buxoro va Samarqand kampuslaridagi ta'lim jarayonlari haqida.
Ayni paytda o'n besh mingga yaqin yoshlar tahsil olayotgan ZARMED universiteti o'zining Samarqand va Buxoro kampuslari bilan e'tiborni tortmoqda. Mazkur ta'lim maskanining tarixi 2021 yildagi tashabbuslardan boshlangan bo'lib, uning dastlabki kampusi 2022 yilda Buxoro shahrida ochilgan edi. Oradan vaqt o'tib, 2024 yilda Samarqand kampusi ham o'z faoliyatini boshladi.
Samarqand shahridagi kampus hududi o'n to'rt ming kvadrat metrni tashkil etib, markaziy qismda joylashgan. Ushbu o'quv binosida yuzta auditoriya, zamonaviy laboratoriyalar, kompyuter xonalari, kutubxona hamda talabalar uchun zarur bo'lgan boshqa infratuzilma obyektlari mavjud. Mazkur kampus bir vaqtning o'zida yetti ming nafargacha talabani qamrab olish imkoniyatiga ega.
Nazariya va amaliyot uyg'unligi
Ta'lim jarayonida, xususan tibbiyot yo'nalishida nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog'lashga ustuvor ahamiyat qaratiladi. Talabalar o'quv maskani klinikasi orqali real tibbiy muhitni ko'rish, mutaxassislar ishini kuzatish va darsda olgan bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga egadirlar. Kelajak kadrlari nafaqat nazariya, balki mustahkam amaliy ko'nikmaga ham ega bo'lishi zarurligi sababli amaliy mashg'ulotlarga alohida e'tibor qaratiladi.
Ko'p tarmoqli ta'lim yo'nalishlari
Ushbu oliygoh faqatgina tibbiyot sohasiga ixtisoslashtirilmagan. Bugungi kunda bu yerda tibbiyotdan tashqari:
- muhandislik
- axborot texnologiyalari
- iqtisodiyot
- moliya
- filologiya
- pedagogika
- psixologiya
va boshqa qator yo'nalishlar bo'yicha ham mutaxassislar tayyorlanadi. Universitet o'quv tizimi zamon talablaridan kelib chiqqan holda yangi yo'nalishlar bilan kengaytirib borilmoqda.
Manba: Kun.uz



