Buxoro davlat universitetida 2025/2026 o'quv yili bitiruvchilariga diplomlar topshirildi
BuxDUda 2025/2026 o'quv yili yakuniga bag'ishlangan “Bitiruvchi–2026” diplom topshirish marosimi bo'lib o'tdi.

Buxoro davlat universitetida 2025/2026 o'quv yili yakuniga bag'ishlangan “Bitiruvchi–2026” diplom topshirish marosimi o'tkazildi. Tadbirda viloyat hokimligi, oliy ta'lim muassasalari, huquq-tartibot idoralari mas'ullari, yoshlarning ota-onalari va bitiruvchilar qatnashdi. Yig'ilishda so'z olganlar yoshlarni ta'lim dargohini muvaffaqiyatli tamomlagani bilan tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Universitetning xalqaro yutuqlari va bitiruvchilar ko'rsatkichi
Marosim davomida Buxoro davlat universiteti rektori, professor O. Hamidov ta'lim maskanining xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlariga alohida to'xtalib o'tdi. Jumladan, BuxDU “Times Higher Education” (THE) “Sustainability Impact Ratings – 2026” xalqaro reytingida dunyoning TOP-400 taligidan joy olgani e'tirof etildi.
3 ming nafardan ortiq yoshlar mustaqil hayotga qadam qo'ydi
Joriy o'quv mavsumida mazkur oliygohni jami 3 ming 986 nafar talaba muvaffaqiyatli bitirdi. Shundan 331 nafari magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilari hisoblanadi. E'tiborlisi, magistratura bosqichini tamomlaganlarning 75 foizini xotin-qizlar tashkil etishi mamlakatda xotin-qizlarning ilm-fan va oliy ta'limdagi salohiyati yuksalib borayotganini ko'rsatadi.
Manba: UzA



