Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Buxoro davlat universitetida bitiruvchi talabalar bandligini ta'minlashga bag'ishlangan uchrashuvlar o'tkazilmoqda

BuxDUda yoshlar bandligini ta'minlash va ularni mehnat bozoriga tayyorlash maqsadida bitiruvchilar bilan tizimli muloqotlar tashkil etilmoqda.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Davlat rahbarining joriy yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o'tkazgan ochiq muloqotida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Buxoro davlat universitetida bitiruvchi talabalar bilan tizimli uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Bu kabi muloqotlar yoshlarni mehnat bozoriga tayyorlash, ularning bandligini ta'minlash va tadbirkorlikka jalb etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Navbatdagi ochiq va samimiy ruhdagi uchrashuv universitetning Iqtisodiyot va turizm, Sport va san'at, Filologiya fakultetlari bitiruvchilari bilan o'tkazildi. Unda talabalarning kelgusi mehnat faoliyati, ularni ish bilan ta'minlash masalalari hamda zamonaviy imkoniyatlar atroflicha muhokama qilindi.

Raqamli platformalar va bandlik imkoniyatlari

Uchrashuvda universitet rektori Obidjon Hamidov bitiruvchilar bandligini ta'minlashda raqamli platformalarning ahamiyatiga alohida to'xtaldi. U career.edu.uz va vacancy.uz kabi elektron tizimlar orqali ish beruvchilar bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqa o'rnatish, mavjud bo'sh ish o'rinlarini kuzatib borish va o'z rezyumesini joylashtirish tartiblari haqida tushuntirish berdi. Shuningdek, Iqtisodiyot va turizm fakultetining 980 nafar bitiruvchisi hamda Sport fakultetidagi 16 ta ta'lim yo'nalishi vakillarining bandlik holati alohida tahlil qilindi.

Universitetning o'quv ishlari bo'yicha prorektori Rustam Jumayev talabalarga o'quv yilini muvaffaqiyatli yakunlash, shartnoma to'lovlarini o'z vaqtida amalga oshirish hamda mavjud akademik qarzdorliklarni bartaraf etish bo'yicha zarur tashkiliy ko'rsatmalar berdi. Diplom oldidan bajarilishi lozim bo'lgan muhim vazifalar haqida ham ma'lumot berildi.

Tadbirkorlik va imtiyozli kreditlar

Muloqot davomida bitiruvchilarni mehnat bozoriga tayyorlash va ularning bandlik darajasini oshirishga qaratilgan yangiliklar taqdim etildi. Yoshlarning startap loyihalarini amalga oshirish, ilmiy ishlanmalarini tijoratlashtirish va innovatsion g'oyalarni bozorga olib chiqish imkoniyatlari haqida so'z yuritildi.

Viloyatdagi bank muassasalari mas'ul xodimlari tomonidan tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash choralari tushuntirildi. Bitiruvchilarni tadbirkorlikka jalb etish, imtiyozli kreditlar ajratish hamda "Kelajak tadbirkori" dasturi doirasida yaratilgan imkoniyatlar yoshlar uchun katta ahamiyatga ega ekani ta'kidlandi.

Universitet rahbariyati har bir bitiruvchining taqdiri oliygoh yuzi ekanini ta'kidlab, maqsad faqat diplom topshirish emas, balki har bir yoshni mehnat bozorida munosib o'rin topgan raqobatbardosh mutaxassis sifatida ko'rish istagini bildirdi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi