Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Jizzax politexnika instituti respublika tanlovida g'olib bo'ldi

Jizzax politexnika instituti respublika oliy ta'lim muassasalari o'rtasidagi "Yashil oliygoh" tanlovida g'olib chiqdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Jizzax politexnika instituti respublika oliy ta'lim muassasalari o'rtasida tashkil etilgan "Yashil oliygoh" tanlovining g'olibi deb topildi. Ekologik barqarorlikni ta'minlash hamda "yashil" texnologiyalarni tatbiq etishga qaratilgan mazkur musobaqada qo'lga kiritilgan yutuq Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida bo'lib o'tgan tantanali tadbirda e'lon qilindi.

Tadbirda institut jamoasiga Prezident sovg'asi sifatida zamonaviy "BYD Chazor" rusumidagi elektromobil topshirildi. Bu muvaffaqiyat davlat rahbarining 2025-yil 2-dekabr kuni Jizzax viloyatiga tashrifi chog'ida Jizzax politexnika institutida berilgan topshiriqlar ijrosining amaliy natijasi bo'ldi.

Yashil makon va energiya tejamkorligi

Bugungi kunda institutga qarashli 24 gektar maydonning 21 gektari yashil hududga aylantirilgan bo'lib, bu yerda 22 ming tupdan ortiq mevali va manzarali daraxtlar parvarish qilinmoqda. Shuningdek, tomchilatib sug'orish tizimi joriy etilib, suv resurslaridan samarali foydalanilmoqda.

Oliygohda quvvati 650 kilovatt bo'lgan quyosh panellari o'rnatilishi natijasida o'tgan yilning o'zida elektr energiyasi iste'moli 67 foizga qisqartirildi.

Jamoa yutug'i va kelgusi rejalar

Erishilgan natija munosabati bilan institut rektori, professor Alisher Usmonqulov prorektorlar, fakultet dekanlari va bo'lim boshliqlari bilan uchrashib, jamoani tabrikladi. Rektorning ta'kidlashicha, bu e'tirof jamoa zimmasiga yanada ulkan mas'uliyat yuklaydi va kelgusida "yashil" texnologiyalar hamda innovatsion loyihalarni rivojlantirish davom ettiriladi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi