Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Buxoro tumanida yangi davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

Buxoro tumanining Suvchiqar qishlog'ida 90 o'ringa mo'ljallangan yangi davlat bog'chasi foydalanishga topshirildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Buxoro tumani Talaliyon mahallasi Suvchiqar qishlog'ida 90 o'ringa mo'ljallangan 49-davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimi va islohotlar

Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi Anvar Ochilov, mahalla nuroniylari va faollari, ota-onalar, pedagoglar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida mamlakatimizda, jumladan, ta'lim va tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida hududlarda zamonaviy hamda qulay sharoitga ega bog'chalar soni ko'payib borayotgani qayd etildi.

Moliyalashtirish va qurilish

OPEK dasturi doirasida barpo etilgan mazkur muassasa qurilishiga 3,6 milliard so'm mablag' yo'naltirildi. Qurilish ishlari “Fast Quality Building” MCHJ tomonidan bajarildi.

Yangi maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarning ta'lim-tarbiya olishi, bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishi va har tomonlama rivojlanishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, muassasa zamonaviy jihozlar, o'quv-metodik qo'llanmalar, o'yin va dam olish vositalari bilan ta'minlandi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi