Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Buxoroda ko'zi ojiz abituriyentlarni oliy ta'limga qabul qilish jarayonlari o'tkazildi

Buxoroda 2026/2027 o'quv yili qabul jarayonida ko'zi ojiz abituriyentlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilib, suhbat imtihonlari tashkil etildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

2026/2027 o'quv yili uchun davlat oliy ta'lim muassasalariga hujjat topshirish jarayonlarida inklyuziv ta'lim tamoyillarini amalga oshirish va barcha yoshlarga teng sharoitlar yaratish ustuvor vazifa bo'lib qolmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan, ko'zi ojiz abituriyentlarni OTMga qabul qilish belgilangan tartibda olib borilmoqda.

Joriy o'quv yilida Buxoro viloyatida yashovchi ko'zi ojiz toifasidagi 39 nafar abituriyent ro'yxatga olindi. Ularni markazlashgan tarzda ro'yxatdan o'tkazish mas'uliyati Buxoro davlat universitetiga yuklatildi. Hujjatlarni ko'rib chiqish natijalariga ko'ra, 13 nafar abituriyent ro'yxatdan o'tkazildi. Ularning 8 nafari Buxoro davlat universitetiga, 3 nafari Buxoro davlat pedagogika institutiga, shuningdek, 1 nafardan O'zbekiston milliy pedagogika universiteti hamda Buxoro davlat texnika universitetiga o'qish uchun hujjat topshirgan.

Buxoro davlat universitetida mazkur toifadagi abituriyentlar uchun qabul imtihonlari, jumladan suhbat jarayonlari Nizom talablari asosida uyushtirildi. Imtiyozli abituriyentlarning bilimini xolis baholash maqsadida barcha zarur sharoitlar muhayyo qilindi. Bunday amaliy yondashuv imkoniyati cheklangan yoshlarning oliy ta'lim olishga bo'lgan huquqlarini kafolatlash, inklyuziv ta'limni rivojlantirish hamda ularning jamiyat hayotidagi faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi