Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Buxorodagi maktablarda harbiylar ishtirokida maxsus darslar o'tkazilmoqda

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Buxoro viloyatidagi umumta'lim maktablarida harbiylar va faxriylar ishtirokida "Kelajak soati" darslari tashkil etilmoqda.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Buxoro viloyatidagi ta'lim muassasalarida vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar davom etmoqda. Xususan, hududdagi "Jasorat maktablari"da "Kelajakni mardlar, tarixni g'oliblar yaratadi" mavzusida "Kelajak soati" darslari o'tkazilmoqda.

Harbiylar bilan samimiy muloqot

Buxoro shahridagi 16-umumta'lim maktabi qoshida tashkil etilgan "Jasorat sinfi"da navbatdagi shunday dars bo'lib o'tdi. Unda Janubi-g'arbiy maxsus harbiy okrug qo'mondoni o'rinbosari, polkovnik Sherxon Mo'minov, 522-Safarbarlik chaqiruv rezerv bataloni komandiri, podpolkovnik Feruzbek Komilov hamda Buxoro viloyati Faxriylar kengashi raisi, zaxiradagi podpolkovnik Kamol Sherov qatnashdi.

Tadbir davomida mehmonlar o'quvchilar bilan Vatanga sadoqat, yurtimizda tinchlikni ta'minlashda milliy armiyamizning o'rni haqida gaplashdilar. Shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiylik kasbining sharafli va mas'uliyatli jihatlarini tushuntirish hamda ularni ongli ravishda kasbga yo'naltirish yuzasidan samimiy suhbatlar tashkil etildi.

Ta'limdagi "Jasorat maktablari" faoliyati

Bugungi kunda Buxoro viloyatidagi 13 ta umumta'lim maktabi negizida "Jasorat maktabi" faoliyat yuritmoqda. Mazkur sinflarda jami 338 nafar o'quvchi vatanparvarlik, jasorat va fidoyilik ruhida ta'lim-tarbiya olmoqda. Bu kabi tashabbuslar yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va mas'uliyat tuyg'ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi