Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Chekka hududlardagi maktablarga maxsus avtobuslar topshirildi

HAYOT Foundation loyihasi doirasida chekka hududlardagi to'rtta maktabga o'quvchilar uchun avtobuslar berildi.

TTahririyat 1 daqiqa

Mamlakatimizning olis hududlarida yashovchi bolalar darsga qatnash uchun har kuni yuzlab metrlab masofani piyoda yoki velosipedda bosib o'tishga majbur bo'ladi. Ayrim o'quvchilar ta'lim maskaniga yetib borish uchun yarim soatdan to ikki soatgacha vaqt sarflaydi. Ma'lumotlarga ko'ra, respublikadagi 146 mingdan ziyod o'quvchi darsga piyoda qatnaydi.

Maktabgacha va maktab ta'limi

Ushbu muammoni hal etish maqsadida HAYOT Foundation ijtimoiy platformasining Maktabga xavfsiz harakat loyihasi ishga tushirildi. 23 aprel kuni boshlangan mazkur tashabbusning ilk amaliy bosqichi doirasida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Surxondaryo, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarining olis hududlaridagi 4 ta ta'lim muassasasiga maxsus avtobuslar topshirildi. Xususan, Qoraqalpog'iston Respublikasi Mo'ynoq tumani, Qashqadaryo viloyati Kitob tumani, Surxondaryo viloyati Termiz tumani hamda Samarqand viloyati Nurobod tumanlaridagi bittadan maktablar tanlab olindi. Masalan, Mo'ynoq tumanidagi 18-maktab o'quvchilari bo'lgan aka-uka Kuvanishboy va Rustam Kuvatbayevlar ta'lim maskaniga kelish uchun 26 kilometrlik masofani piyoda yoki velosipedda bosib o'tishadi.

Kelgusi rejalar

Taqdim etilgan yangi transport vositalari bolalarning ta'lim dargohiga qatnashini sezilarli darajada yengillashtirib, ularning xavfsizligini ta'minlashga xizmat qiladi. Loyiha rahbarining so'zlariga ko'ra, keyingi bosqich avgust oylarida, ya'ni yangi o'quv yili boshlanishiga qadar amalga oshiriladi. Buning uchun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mutaxassislari bilan hamkorlikda hududlar yana o'rganilib, maxsus ro'yxat shakllantiriladi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi