Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Janubiy Koreya O'zbekistonda AT ta'limini rivojlantirish uchun 14 million dollar ajratdi

KOICA O'zbekistonda AT ta'lim ekotizimini rivojlantirish hamda yoshlar bandligini oshirish uchun 14 mln dollar grant ajratdi.

TTahririyat 1 daqiqa

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) mamlakatimizda axborot texnologiyalari ta'lim ekotizimini yaxshilashni maqsad qilgan loyiha uchun 14 million dollar miqdorida grant mablag'ini ajratdi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi ma'lum qildi.

Ta'lim yo'nalishlari va kadrlar malakasini oshirish

«O'zbekistonda AT ta'lim ekotizimini takomillashtirish orqali yoshlarning bandlik va tadbirkorlik salohiyatini oshirish» deb nomlangan loyiha doirasida o'g'il-qizlar to'rt yil mobaynida zamonaviy yo'nalishlarda o'qitiladi. Jumladan, yoshlar sun'iy intellekt, prompt muhandisligi, dasturlash, narsalar interneti hamda onlayn marketing kabi sohalarni puxta egallaydilar.

Bundan tashqari, 500 nafar soha mutaxassisi va o'qituvchilarning malakasini oshirish ham rejalashtirilgan. Shuningdek, tashabbus doirasida koreyalik yetakchi ekspertlar ishtirokida startap inkubatsiya dasturlari ham yo'lga qo'yilishi ko'zda tutilgan.

Hududlarda yangi AT markazlar va xablar tashkil etiladi

Mazkur loyiha 2026-2032 yillar oralig'ida hayotga tatbiq etiladi. Ushbu davr mobaynida Nukus va Qarshi shaharlarida ikkita zamonaviy AT-xab barpo etiladi. Shuningdek, yettita tumanda 14 ta AT markazi qurilib, ular barcha zarur jihozlar bilan to'liq ta'minlanadi.

Ushbu tashabbus mamlakatimizda ta'lim tizimini yanada rivojlantirish, yosh avlod bandligini ta'minlash hamda innovatsion tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashga xizmat qilishi qayd etildi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi